O‘zbekiston bilan savdodagi yetakchi davlatlar ma’lum bo‘ldi
Jamiyat
−
21 Oktabr 2019
5206Joriy yilning yanvar-cyentyabr oylarida respublikaning tashqi savdo aylanmasi hajmi 31,6 mlrd AQSH dollarini tashkil etdi. Bu o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 8,5 mlrd AQSH dollariga yoki 37,2 foizga ko‘p. Bu haqda Davlat statistika qo‘mitasi Matbuot xizmati xabar berdi.
Ushbu ko‘rsatkichdan eksport hajmi 13,6 mlrd AQSH dollariga (o‘sish sur’ati – 45,5 foiz) va import hajmi esa 17,9 mlrd AQSH dollariga (o‘sish sur’ati – 31,5 31,5 foiz) yetdi. Hisobot davrida 4,2 mlrd AQSH dollari qiymatida passiv tashqi savdo aylanmasi qayd etildi.
O‘zbekiston jahonning 181 dan ortiq mamlakatlari bilan savdo aloqalarini amalga oshirib kelmoqda. Respublika tashqi savdo aylanmasining dunyo davlatlari qatoriga nisbatan salmoqli hissasi Xitoy Xalq Respublikasida (18,7 foiz), Rossiya Federatsiyasida (14,9 foiz), Qozog‘istonda (8,3 foiz), Koreya Respublikasida (6,6 foiz), Turkiyada (5,8 foiz), Germaniyada (2,4 foiz) va Qirg‘izistonda (2,0 foiz) qayd etilgan.
2019 yilning III choragida tashqi savdo aylanmasi hajmi 11,9 mlrd AQSH dollarini tashkil etdi va joriy yilning ikkinchi choragi bilan taqqoslaganda 16,4 foizga o‘sdi.
2019 yilning 3 choragida tashqi savdo aylanmasi umumiy hajmida import ulushining kamayishi (58,1 foizdan 56,2 foizga), eksport ulushining esa ko‘payishi (41,9 foizdan 43,8 foizga) kuzatildi. Tashqi savdo aylanmasining choraklik tuzilmasida ijobiy o‘zgarishlar kuzatilmoqda. O‘tgan yilning shu davriga nisbatan tashqi savdoda eksport ulushi 8,9 foiz punktga o‘sdi.
2019 yil yanvar-sentyabr oylari yakunlariga ko‘ra, MDH mamlakatlari bilan savdo hajmi 10,7 mlrd AQSH dollarini tashkil qildi va O‘zbekiston tashqi savdo aylanmasidagi ulushi 33,8 foizga yetdi. Qo‘shni davlatlar bilan ijtimoiy-iqtisodiy aloqalarning mustahkamlanishi o‘zaro savdo-sotiq aloqalariga ham ijobiy ta’sir ko‘rsatmoqda. MDH mamlakatlari bilan tashqi savdoning qariyb 37,7 foiz, shundan eksportning 42,6 foiz va importning 33,9 foiz qo‘shni mamlakatlar hissasiga to‘g‘ri keladi.
Boshqa xorijiy davlatlarning tashqi savdo aylanmasidagi ulushi 66,2 foizga yetib (20,9 mlrd AQSH dollari) o‘tgan yilning mos davridagi tashqi savdo aylanmasiga nisbatan 47,8 foizga oshgan. Tashqi iqtisodiy faoliyat bo‘yicha 20 ta yirik hamkor-davlatlar orasidan besh davlatda faol tashqi savdo balansi kuzatilgan, xususan, Afg‘oniston (424,2 mln AQSH dollari), Qirg‘iziston (423,7 mln AQSH dollari), Tojikiston (104,0 mln AQSH dollari), Fransiya (44,0 mln AQSH dollari) va Eron (6,1 mln AQSH dollari). Qolgan 15 ta davlat bilan passiv tashqi savdo balansi saqlanib qolmoqda.
LiveBarchasi