Xitoy Rossiya bilan birgalikda “siyosiy virus”ga qarshi kurash olib boradi
Olam
−
07 mart 2021
4414Xitoy va Rossiya rasmiylari dunyodagi koronavirus pandemiyasi muammosining siyosiylashishiga qarshi kurashish bo‘yicha harakatlarni chambarchas muvofiqlashtirmoqda. Bu haqda Xitoy Tashqi ishlar vaziri Van I ma’lum qildi.
“Xitoy va Rossiya o‘zining sa’y-harakatlarini birlashtirdi va pandemiya sharoitida “siyosiy virus” tarqalishiga qarshi yelkama-yelka kurashmoqda”, deydi u Pekindagi mamlakat oliy qonunchilik va maslahat organlari sessiyalari paytida o‘tkazilgan matbuot anjumanida.
Tashqi ishlar vazirining so‘zlariga ko‘ra, Pekin ham Moskva singari rangli inqiloblarga qarshi.
“Biz haqiqatni soxtalashtirishga qaratilgan har qanday urinishlarga qarshi birgalikda kurashamiz, o‘z suverenitetimiz va siyosiy barqarorligimizni himoya qilamiz”, deydi u.
Van Ining ta’kidlashicha, Xitoy Hukumati Rossiya bilan birgalikda BMT vakolatlari va xalqaro huquq me’yorlarini himoya qilishga intilmoqda.
“Mamlakatlarimiz teng va adolatli siyosat olib borishning namunasi bo‘ldi. Biz birgalikda ko‘p tomonlama formatlarni, xususan, BMT vakolatlari va xalqaro huquq normalarini hamkorlikda himoya qilamiz”, deydi vazir.
LiveBarchasi