Xitoy rahbari koronavirusga qarshi kurashda ko‘rsatgan yordami uchun Mirziyoyevga minnatdorlik bildirdi

Jamiyat

image

Joriy yilning 12 fevral kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning “Xitoy Xalq Respublikasiga gumanitar yordam yuborish to‘g‘risida”gi farmoniga binoan Xitoy Xalq Respublikasiga insonparvarlik yordami yuborildi

Xitoy Xalq Respublikasi Raisi Si Szinpin O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevga ushbu insonparvarlik yordami uchun minnatdorlik bildirib, maktub yo‘lladi. 

Maktubda shunday deyilgan:

“Muhtaram Prezident janoblari!

Xitoy koronavirus tarqalishiga qarshi olib borayotgan kurashi munosabati bilan yo‘llagan ta’ziyanomangiz uchun Sizga samimiy minnatdorlik bildiraman.

Aytishganidek, qayerdadir kulfat yuz bersa, har yoqdan yordamga shoshiladilar. Dunyo hamjamiyati, shu jumladan O‘zbekiston, Xitoy hukumati va xalqiga hamdardlik bildirdi va turli ko‘rinishda qo‘llab-quvvatladi. Bu bizga bo‘lgan do‘stona munosabatni to‘liq namoyon etdi.

Xitoy epidemiyani profilaktika qilish va nazoratga olish borasida muvaffaqiyatga erishishiga ishonchi komil va bunga qodir, shuningdek, butun jahonda jamoat sog‘lig‘ini saqlash ishiga hissa qo‘shish yo‘lida xalqaro hamjamiyat bilan birgalikda ishlashga tayyor.

Men Xitoy-O‘zbekiston munosabatlarini rivojlantirishga katta e’tibor qaratmoqdaman hamda Siz bilan yaqin muloqotni davom ettirishga tayyorman.

Sizga mustahkam sog‘lik, faoliyatingizga muvaffaqiyatlar, do‘st O‘zbekistonga esa ravnaq va farovonlik tilayman”.
 


Maqola muallifi

Teglar

Shavkat Mirziyoev Si Tszin'pin Koronavirus

Baholaganlar

247

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing