Xitoy og‘ir holatga qaramasdan sayyohlar uchun karantinni bekor qildi

Olam

image

2023 yil 8 yanvardan boshlab Xitoyda mamlakatga kiruvchi barcha sayohatchilar uchun majburiy karantin bekor qilinadi. Bu haqda Xitoy Xalq Respublikasi Milliy sog‘liqni saqlash komissiyasi ma’lum qildi.

Xitoyga kiruvchilar uchun karantin pandemiya boshlanganidan beri saqlanib kelinmoqda, mamlakat rasmiylari uni faqat shu yilning kuzida yumshata boshladi, karantin muddati sakkiz kunga qisqartirildi.

Xitoy hukumati uzoq vaqtdan beri koronavirusga nisbatan “nol bardoshlik” siyosatiga amal qilib keladi. 

“South China Morning Post” gazetasining yozishicha, bu qaror koronavirusga nisbatan uch yillik “nol bardoshlik” siyosati yakunidagi so‘nggi qadamdir.

Eslatib o‘tamiz, Xitoy koronavirus haqida kunlik ma’lumotlar e’lon qilishni to‘xtatgan edi. Buning sababi ochiqlanmagan.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

81

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing