Xitoy Mudofaa vaziri poraxo‘rlikda ayblanmoqda

Olam

image

Xitoy Mudofaa vaziri Dun Szyunga nisbatan korrupsiya ayblovi bo‘yicha tergov ishlari boshlandi. Bu haqda “Financial Times” xabar berdi.

Qayd etilishicha, Xitoy hukumati Dun Szyunni Xitoy Xalq-ozodlik armiyasi rahbariyatini qamrab olgan korrupsiya mojarosi doirasida tekshirishni boshlagan va bu korrupsiya sxemalarini fosh qilishga qaratilgan kengroq tekshiruvning bir qismi hisoblanadi. Shu orqali Dun Szyun korrupsiyada gumon qilinib, tekshirilayotgan ketma-ket uchinchi mudofaa vaziri bo‘lgan. U 2023 yil dekabr oyida avvalgi vazir poraxo‘rlik ayblovlari sabab ishdan olingach, ushbu lavozimga tayinlangan.

“Yangi gumonlar Xitoyda oxirgi yillarda amalga oshirilayotgan korrupsiyaga qarshi kurashning samaradorligi haqida savollarni yuzaga keltirmoqda. Mamlakat hukumati poraxo‘rlikka qarshi kurashni davom ettirmoqda, armiya va uning rahbariyatining obro‘sini yaxshilashga intilmoqda”, deyiladi xabarda.

Ma’lumot uchun, Si Szinpin 2012 yilda Xitoy Xalq Respublikasi rahbari bo‘lib saylanganidan keyin mamlakatda korrupsiyaga qarshi kurash sezilarli darajada kuchaygan. So‘nggi yillarda korrupsiyaga qarshi keng ko‘lamli kampaniya tufayli nafaqat oddiy davlat xizmatchilari, balki yuqori martabali amaldorlar ham lavozimlaridan mahrum qilinib, hatto umrbod qamoq jazosiga hukm etilgan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq dunyodagi eng yirik banklardan biri – Bank of China sobiq boshqaruvi raisi va partiya qo‘mitasi kotibi Lyu Lyange poraxo‘rlikda ayblanib, o‘lim jazosiga hukm qilingan edi.


Maqola muallifi

Teglar

Xitoy Mudofaa vaziri poraxo'rlik Dun Tszyun'

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing