Xitoy mansabdorlariga 3 sahifadan ortiq hujjatlar yozish va majlisbozlik taqiqlandi

Olam

image

Xitoy rasmiy hujjatlar uzunligiga qattiq cheklov kiritdi – 5000 belgidan oshmasligi kerak, bu taxminan uch sahifali matnga teng. Bu haqda “Financial Times” xabar berdi.

Nashrning yozishicha, cheklov Xitoy Kommunistik partiyasi markaziy qo‘mitasi va Davlat kengashi tomonidan byurokratiya va rasmiyatchilikka qarshi keng ko‘lamli kampaniyaning bir qismidir. Yangi nizomga ko‘ra, mansabdor shaxslar qisqa, aniq va mazmunli yozishi shart. Bo‘limlarga nafaqat hisobotlar hajmini qisqartirish, balki nashr etilgan hujjatlarning umumiy sonini kamaytirish ham buyuriladi. Agar chegaradan oshib ketish hali ham zarur bo‘lsa, yozma asoslash talab qilinadi.

Yangi reglament yig‘ilishlarga ham taalluqlidir: ular birlashtirilishi, qisqartirilishi va nutqlarning davomiyligi bir soat bilan cheklanishi kerak. Ishtirokchilar soni qat’iy tartibga solinishi lozim.

Bu Xitoy Raisi Si Szinpinning partiya va davlat apparati yukini kamaytirish va iqtisodiy rivojlanishga e’tibor qaratish bo‘yicha kampaniyasining so‘nggi bosqichidir. Byurokratiyaga qarshi kurash strategik vazifalar uchun resurslarni bo‘shatish usuli sifatida taqdim etiladi.

Kampaniya boshqa intizomiy choralar ko‘rilganidan keyin qisqa vaqt ichida amalga oshiriladi. Yoz boshida rasmiylar mansabdor shaxslarning ziyofatlar, spirtli ichimliklar va chekish uchun sarf-xarajatlariga cheklovlar kiritdi, bu amaliyot Xitoy matbuotida “gastronomik korrupsiya” deb nomlangan.

FT ma’lumotlariga ko‘ra, endi ayrim hududlardagi davlat xizmatchilari uch kishidan ortiq norasmiy yig‘ilishlarda qatnashish uchun rahbarlaridan ruxsat olishi kerak. Va ba’zi hollarda ular kechqurun spirtli ichimliklarni tekshirish uchun chaqiriladi. Bularning barchasi Si Szinpin o‘n yildan ko‘proq vaqt davomida olib borayotgan korrupsiyaga qarshi tozalashning kuchayishi sifatida baholangan.

Boshqa hududlarda ham nazorat kuchaytirilmoqda. Yangi nizomda 21 ta band belgilangan: mansabdor shaxslar faoliyatini baholash va ularni vaqtincha o‘tkazish tartibini isloh qilishdan tortib, davlat organlari tomonidan ishlab chiqilgan mobil ilovalar o‘sishini cheklashgacha.

Gazeta ma’lumotiga ko‘ra, yangi qoidalar turli reaktiyalarni keltirib chiqardi. Bir tomondan, ular hukumat boshqaruvini soddalashtirish yo‘lidagi qadam sifatida ko‘rilmoqda, biroq boshqa tomondan, ular Xitoy hali ham cho‘zilgan ko‘chmas mulk inqirozi oqibatlari va zaif ichki talab bilan kurashayotgan bir paytda iqtisodiyotga qo‘shimcha bosim o‘tkazmoqda.

Eslatib o‘tamiz, 2023 yilning iyul oyida Shavkat Mirziyoyev rahbarligidagi O‘zbekiston hukumati kelgusi 7 yilda qonunlarni, odamlarni mensimaydigan, byurokratiya va korrupsiya berilgan har qanday rahbar bilan xayrlashishi haqida xabar berilgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Xitoy Si Tszin'pin cheklov gastronomik korruptsiya

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing