Xitoy koronavirusga qarshi “ikkinchi front” ochdi

Olam

image

Xitoy Xalq Respublikasi koronavirusga qarshi kurashda "ikkinchi front" ochdi. Endi shifokorlar virusga qarshi mamlakat ichida kurashishdan tashqari, chet eldan kelganlarni ham kuzatib borishlari kerak. Bu haqda RIA Novosti agentligi xabar qildi.

Mutaxassislarning ta’kidlashicha, koronavirus tarqalgan mamlakatlardan Xitoy fuqarolarining qaytishi keskin ko‘paygan. Allaqachon ba’zi mamlakatlardagi Xitoy elchixonalari va konsulliklari favqulodda rejimda ishlamoqda.

Xitoy hukumati fuqarolarga o‘z vatanlariga qaytishni taqiqlay olmaydi, ammo ularga safardan bosh tortishni maslahat berishi mumkin. Ma’lumotlarga ko‘ra, "xavfli mamlakatlar”dan Pekinga kiradigan barcha Xitoy fuqarolari yoki chet elliklar 14 kun yashash joyida yoki maxsus mehmonxonada bo‘lishlariga to‘g‘ri keladi.

Bugun, 4 mart holatiga ko‘ra dunyo bo‘yicha SOVID-19 koronavirusiga chalinganlar soni 94 343 nafarga yetdi. Virusga chalinganlarning 51 316 nafari davolandi. Bemorlarning 6 782 nafari yoki 17 foizi og‘ir ahvolda qolyapti. Bugungi kunda 33 023 nafar bemorning ahvoli qoniqarli.

Koronavirusdan halok bo‘lganlar esa 3222 nafarga yetdi. Janubiy Koreya, Italiya va Eron Xitoydan keyin virus eng avj olgan davlatlar bo‘lib turibdi.

Ma’lumot uchun, O‘zbekiston va Markaziy Osiyoning boshqa davlatlarida koronavirusga chalinish holati hozircha aniqlanmadi.

Nurulloh Sharipov


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Koronavirus

Baholaganlar

395

Reyting

2.8

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing