Xitoy Kisidaning Kiyevga tashrifiga munosabat bildirdi
Olam
−
21 mart 2023
11461Xitoy rasmiylari Yaponiya Bosh vaziri Fumio Kisidaning Kiyevga safari Ukraina mojarosining keskinlashuviga olib kelmasligiga umid qilmoqda. Bu haqda bugun, 21 mart kuni Xitoy Tashqi ishlar vazirligi matbuot kotibi Van Venbin ma’lum qildi.
“Biz Yaponiya tomoni keskinlikni kamaytirishga yordam beradigan sa’y-harakatlarni amalga oshirishiga umid qilamiz va aksincha emas”, deydi u brifingda yapon OAV vakilining Pekinning ushbu tashrifga munosabati haqidagi savoliga javob berar ekan.
Eslatib o‘tamiz, Yaponiya Bosh vaziri Fumio Kisida bugun, 21 mart kuni kutilmaganda Ukrainaga tashrif buyurgandi. U Prezident Zelenskiy bilan uchrashishi kutilmoqda. Ayni paytda Xitoy rahbari Si Szinpin ham davlat tashrifi bilan Rossiyada bo‘lib turibdi.
LiveBarchasi