Xitoy qayta foydalanish mumkin bo‘lgan kosmik kema yaratdi

Olam

image

Xitoy o‘zining birinchi qayta qo‘llaniladigan kosmik kemasini ishga tushiradi. Bu haqda “The South China Morning Post” nashri xabar berdi.

Xitoyning koinotdagi birinchi fazogiri Yan Livey kosmik kema kelajakda stansiya qurish va Oyga qo‘nishda muhim rol o‘ynashini aytgan.

Kosmik kema yetti nafar ekipaj a’zosini tashish imkoniyatiga ega. 

“Kema Yerga yaqin orbitaga parvoz qilish va koinotni chuqur o‘rganish uchun mo‘ljallangan”, deb yozadi gazeta.

Qayd etilishicha, kemaning asosiy qismlari ketma-ket o‘n martagacha ishlatilishi mumkin. Bu esa xarajatlarni sezilarli darajada kamaytiradi. 

Xitoyning birinchi qayta foydalaniladigan kosmik kemasining parvozi 2027 yilga mo‘ljallangan. 

Avvalroq joriy yilning 30 may kuni Xitoy uch ekipaj a’zosi bo‘lgan kemani "Tyangun" orbital stansiyasiga olib chiqqan edi. Ular orasida birinchi fuqarolik taykonavt, yuk tashish bo‘yicha mutaxassis Guy Xaychao ham bor edi. Yaqin vaqtgacha Xitoydan koinotga faqat harbiylar jo‘natilgan.

Eslatib o‘tamiz, shu yilning 14 iyul kuni Hindiston kosmik agentligi Oyga “Chandrayaan-3” raketasini uchirgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Xitoy kosmik kema

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing