Xitoy Germaniya texnologiyalarini nishonga olmoqda

Olam

image

Xitoy nemis texnologiyasidan foydalanish imkoniyatini kengaytirish uchun litsenziyalardan foydalanmoqda. Bu haqda “Reuters” nashri xabar berdi.

Germaniya iqtisodiy instituti (IW) tomonidan olib borilgan tadqiqot shuni ko‘rsatdiki, 2022 yilda Xitoyning nemis kompaniyalariga bergan litsenziyasi ortidan orttirgan daromadlari 2014 yilga nisbatan uch barobar ko‘paygan. 

“Xitoy kompaniyalari nemis texnologiyalariga kirishning yangi yo‘lini izlayotgani haqida aniq ma’lumotlar bor. Texnologik litsenziyalar Xitoy uchun orqa eshikdan kirishga urinishning bir usuli”, dedi IW global va mintaqaviy bozorlarni o‘rganish bo‘limi rahbari Yurgen Mattes.

Germaniya esa Rossiya bilan Ukraina urushi fonida uzilgan aloqalari sabab hali-hanuz aziyat chekmoqda. Shuning uchun Berlin o‘zining Xitoy siyosatini qayta ko‘rib chiqishga kirishdi va bu mamlakatning asosiy bozor sifatidagi ahamiyatini e’tirof etishni boshladi.

Eslatib o‘tamiz, Joriy yilning yanvar-may oylari natijalariga ko‘ra, Xitoy ilk bor Qozog‘iston bilan o‘zaro savdoda Rossiyani quvib o‘tib, mamlakatning asosiy savdo hamkoriga aylandi.


Maqola muallifi

Teglar

Germaniya Rossiya Xitoy litsenziya texnologiya

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made