Xitoy gaz importini qisqartirish bo‘yicha O‘zbekistonni ogohlantirdi

Jamiyat

image

Xitoyning gaz import qiluvchi yirik PetroChina kompaniyasi fors-major holatni e’lon qildi. Kompaniya tabiiy gaz va suyultirilgan gaz importini qisqartirishini e’lon qildi. Bu haqda “Reuters” agentligi xabar berdi.

Kompaniya quvur orqali gaz yetkazib beruvchilarga fors-major holati haqida ogohlantirish yuborgan. Ammo batafsil ma’lumotlar hozircha mavjud emas.

PetroChina 40 foiz ehtiyojini import hisobiga qondiradi. Shundan 70 foizi gaz quvuri orqali keladi. Qolganlari suyultirilgan gaz.

Mazkur holat bo‘yicha O‘zbekiston Energetika vazirligi Matbuot xizmati bilan bog‘langanimizda, ular PetroChina gaz importi qisqartirilishi mumkinligi haqida ogohlantirish yuborganini tasdiqladi.

Ma’lumot o‘rnida, Xitoyning gaz importini qisqartirishiga mamlakatda avj olgan koronavirus sabab bo‘lyapti. Epidemiya holatida ko‘plab sanoat ob’ektlari ishlmagani sababli gazga talab kamaydi.


Maqola muallifi

Teglar

gaz O'zbekiston-Xitoy

Baholaganlar

328

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing