Xitoy foydasiga josuslik qilgan AQSH razvedkasi tahlilchisi aybini tan oldi

Olam

image

O‘ta maxfiy harbiy sirlarni Xitoy agentiga 40 ming dollarga sotganlikda gumonlangan AQSH armiyasi razvedkasi tahlilchisi Korbeyn Shuls aybiga iqror bo‘ldi. Bu haqda AQSH Adliya vazirligi xabar berdi.

O‘ta maxfiy ruxsatnomaga ega bo‘lgan Korbeyn Shulsga milliy mudofaa bo‘yicha nozik ma’lumotlarni, jumladan, AQSH harbiy qurol tizimlariga oid ekspert tomonidan boshqariladigan texnik ma’lumotlarni Gonkongdagi Xitoy hukumati bilan aloqasi bor deb hisoblagan shaxsga berish aybi qo‘yilgan.

Mart oyida Shulsga qo‘yilgan ayblovlar orasida milliy mudofaaga oid ma’lumotlarni oshkor qilish uchun til biriktirish, mudofaa buyumlarini litsenziyasiz eksport qilish va davlat amaldoriga pora berish kabilar ham bor.

Sud hujjatlarida aniqlanishicha, Shuls Xitoy agentiga armiyaning Ukraina urushidan olgan saboqlari, Tayvanning potensial mudofaa rejalari, Xitoy harbiy taktikasi haqidagi razvedka ma’lumotlari va AQSH harbiy sun’iy yo‘ldoshlari imkoniyatlari haqidagi tafsilotlarni o‘z ichiga olgan nozik ma’lumotlarni taqdim etgan.

“Xitoy kabi hukumatlar bizning harbiy xizmatchilarimiz va milliy xavfsizlik ma’lumotlarini agressiv tarzda nishonga olmoqda va biz ma’lumotlarning dushman xorijiy hukumatlaridan himoyalanishini ta’minlash uchun qo‘limizdan kelgan barcha ishni qilamiz”, deydi FQB ijrochi direktori yordamchisi Robert Uells.

Bosh prokuror yordamchisi Mettyu Olsenning qo‘shimcha qilishicha, ushbu sudlanuvchi AQSHdan tashqarida yashovchi shaxsga milliy mudofaa ma’lumotlarini uzatish uchun til biriktirib, Qo‘shma Shtatlar harbiylarining unga bo‘lgan ishonchini suiiste’mol qilgan va mamlakat milliy xavfsizligini katta xavf ostiga qo‘ygan.

Zebo Turobjonova


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Xitoy AQSh razvedkasi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing