Xitoy Eronning mintaqadagi yaxshi qo‘shnichilik siyosatini ijobiy baholadi
Olam
−
16 aprel
3546Xitoy Tashqi ishlar vaziri Van I eronlik mavqedoshi Husayn Amir Abdullohiyon bilan telefon orqali muloqoti chog‘ida Tehronning mintaqadagi yaxshi qo‘shnichilik siyosatiga ijobiy baho berdi. Bu haqda Xitoy Xalq Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi xabar berdi.
“Xitoy Eronning harakatlari mintaqadagi qo‘shnilar va davlatlarni nishonga olmasligini ta’kidlaganini hamda Tehronning yaxshi qo‘shnichilik siyosatini yana bir bor tasdiqlaganini ijobiy baholaydi", degan Van I telefon suhbatida.
Xitoy Tashqi ishlar vaziri Pekin Eron tomoni bilan birgalikda Falastin masalasini “keng qamrovli, adolatli va ishonchli” yechim topish uchun sa’y-harakatlarni amalga oshirishga tayyor ekanini ta’kidladi. Shuningdek, u turli sohalarda ikki tomonlama pragmatik hamkorlikni rivojlantirish va Xitoy-Eron munosabatlarini muvaffaqiyatli rivojlantirishga ko‘maklashishdan manfaatdor ekanini bildirdi.
“Biz ishonamizki, Eron o‘z suvereniteti va qadr-qimmatini saqlab qolgan holda vaziyatni optimal tarzda tushunib, keyingi tartibsizliklarga yo‘l qo‘ymaydi”, deya xulosa qildi Van I.
Eron va Isroil ziddiyatining keskinlashuvi
1 aprel kuni Isroil Damashqdagi Eron konsulligi binosiga havo hujumi uyushtirdi. Hujum oqibatida Eron inqilobi qo‘riqchilari korpusining 7 nafar a’zosi halok bo‘ldi, ulardan ikki nafari general darajasida edi.
Eron Isroilning konsullikka hujumi o‘z hududiga qilingan hujum ekanini va u o‘ch olishini aytdi.
Isroil ham Eron hujumlariga javob berishini e’lon qildi.
14 aprelga o‘tar kechasi Eron Isroilga yuzlab kamikadze dronlari, ballistik va qanotli raketalar bilan hujum uyushtirdi va ba’zi harbiy nishonlarga zarba berilganini aytdi.
Isroil hujumlarning aksariyati havo hujumidan mudofaa tizimlari tomonidan to‘xtatilganini bildirdi, biroq bitta raketa mamlakat janubidagi harbiy bazaga tegdi.
LiveBarchasi