Xitoy elchisi Vashingtonni Pekin bilan hazillashmaslikka chaqirdi
Olam
−
13 Sentabr
7135Xitoyning AQSHdagi elchisi Xie Feng Vashingtonni Pekin bilan hazillashmaslikka chaqirdi va “qizil” chiziqlarni eslatdi. Bu haqda “South China Morning Post” nashri xabar berdi.
“U AQSH va Xitoy o‘rtasidagi munosabatlardagi to‘rtta qizil chiziqni aniq belgilab berdi: Tayvan, demokratiya, inson huquqlari va Xitoyning rivojlanish erkinligi”, deyiladi xabarda.
Elchi, shuningdek, AQSH yondashuvining o‘zi noto‘g‘ri deb hisoblagan yana bir qancha xususiyatlarini ta’kidlagan. Ular orasida munosabatlarni siyosiylashtirish, “o‘z kasalliklarini davolovchi retseptlarni boshqalarga yuklash”, milliy xavfsizlik mavzusiga haddan tashqari urg‘u berish, ichki siyosiy kurashda “xitoy kartasi”ni o‘ynash kabi masalalar bor.
“Pekin va Vashington o‘rtasidagi mojaro har ikki tomon uchun ham, butun dunyo uchun yomon bo‘ladi”, deydi Xie Feng.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Vashington va Pekin munosabatlardagi qariyb ikki yillik tanaffusdan so‘ng harbiy idoralar o‘rtasidagi diplomatik hamkorlikni tiklashni boshlayotgani xabar qilingan edi.
LiveBarchasi