Xitoy dunyodagi eng yirik GES qurishni boshladi

Olam

image

Xitoy Tibet janubi-sharqidagi Yarlung-Sanpo daryosining quyi oqimida qiymati qariyb 167 milliard dollarga teng dunyodagi eng yirik gidroelektr stansiyasini qurishni boshladi. Bu haqda “Sinxua” xabar berdi.

Tegishli buyruqni Xitoy Xalq Respublikasi Davlat kengashi Bosh vaziri Li Syan bergan. Mega-to‘g‘on qurilishiga jami sarmoya miqdori qariyb 1,2 trillion yuanni (167 milliard dollar) tashkil etadi.

Power Construction Corp of China qurilish kompaniyasi hisob-kitoblariga ko‘ra, GES yiliga 300 milliard kilovatt-soat elektr energiyasi ishlab chiqarish imkoniyatiga ega bo‘ladi, bu asosan Tibetdan tashqariga eksport qilinadi. Ayni paytda Yer sayyorasidagi eng yirik GES – Xitoyning Yanszi daryosidagi “Sansya” (Uch dara) loyihasining quvvati 22,4 million kilovatt, yangi stansiyaning loyiha quvvati esa 60 million kilovattni tashkil qiladi.

“Bloomberg”ning yozishicha, loyiha Xitoy va Hindiston o‘rtasidagi munosabatlarda keskinlik manbai bo‘lishi mumkin, chunki Yarlung-Sanpo daryosi bahsli Arunachal-Pradesh hududidan oqib o‘tadi va Hindistonning eng yirik daryolaridan biri Gangga quyiladi. Hindiston va Bangladesh hukumati GESning ishlashi suv toshqinlarini keltirib chiqarishi yoki quyi oqimda suv tanqisligiga olib kelishi mumkinligidan xavotirda.

Viloyat shuningdek, milliy qo‘riqxona va mamlakatning eng biologik xilma-xil hududlaridan biri hisoblanadi. Xitoylik ekologlar mintaqada to‘g‘on qurishning qaytarilmas oqibatlaridan xavotirda.

Eslatib o‘tamiz, avvlroq Xitoy hukumati Tibet tog‘liklarining sharqiy qismida ulkan gidroelektrstansiyasini qurish loyihasini ma’qullagandi.


Maqola muallifi

Teglar

Xitoy GES Tibet Power China

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing