Xitoy dollarli milliarderlar soni bo‘yicha AQSHdan o‘zib ketdi
Bu qiziq
−
15:54 1631 2 daqiqa
Xitoyning “Hurun Research Institute” (“Xujun”) tadqiqot tashkiloti hisobotiga ko‘ra, 2026 yilgi “Global Rich List” reytingida Xitoy AQSHni quvib o‘tib, birinchi o‘rinni egalladi. Yanvar holatiga ko‘ra, ro‘yxatga 726 ta yangi ishtirokchi qo‘shilgan bo‘lib, ularning 318 nafari Xitoy fuqarolaridir. Bu haqda tadqiqot tashkiloti xabar berdi.
“Xujun”ning keltirishicha, dunyodagi dollarli milliarderlarning umumiy soni ilk bor 4 minglik dovondan oshib, 4020 kishiga yetgan. Xitoyda 1110 nafar milliarder mavjud bo‘lib, bu o‘tgan yilga nisbatan 287 nafarga ko‘p. Ikkinchi o‘rinda AQSH – u yerda 1000 nafar milliarder bor (+130). Uchinchi o‘rinni Hindiston egallagan – 308 kishi (+24). Ulardan keyin Germaniya, Buyuk Britaniya va Shveysariya bormoqda. Rossiya reytingning yettinchi pog‘onasidan joy oldi – 105 nafar milliarder (+10). Shuningdek, o‘nlikka Avstraliya, Singapur va Kanada kirdi.
Sayyoraning eng boy odami sifatida ketma-ket oltinchi yil amerikalik milliarder Ilon Mask qolmoqda. Uning boyligi 792 milliard dollarni tashkil etgan.
“Milliarderlar kompaniyalari ro‘yxatidagi 114 tasi sun’iy intellekt (SI) ishlanmalari sohasini ifodalaydi. Ulardan 46 tasi ro‘yxatga birinchi marta kirdi, bu esa sun’iy intellektni yangi milliarderlar paydo bo‘lishining eng yirik manbaiga aylantirmoqda”, deb qayd etadi “Xujun”.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Meta kompaniyasi bosh direktori Mark Sukerberg AQSHning Mayami shtatidan 170 million dollarga hashamatli villa xarid qilgani haqida xabar berilgan edi.
Live
Barchasi