Xitoy Britaniya razvedkasining diqqat markazida – MI6 rahbari

Olam

image

Britaniya tashqi razvedka xizmati MI6ning asosiy diqqat markazida Rossiya emas, Xitoy turibdi. Bu haqda MI6 rahbari Richard Mur Buyuk Britaniyaning Pragadagi elchixonasidagi chiqishida aytib o‘tdi.

"Rossiya xizmatimizning yagona va eng muhim strategik yo‘nalishi emas. Biz hozir Xitoyni kuzatishga ko‘proq resurs ajratyapmiz. Bu Xitoyning global ahamiyati ortib borayotganini, Xitoy hukumatining niyatlari va imkoniyatlarini tushunish uchun muhimdir”, degan Mur.

MI6 rahbarining fikricha, hozirda Xitoy bilan hamkorlik qilish juda zarur. Chunki, agar bunday qilinmasa, muhim xalqaro muammolarni hal qilib bo‘lmaydi.

Shu jumladan, hozirda Buyuk Britaniyaning hukmron Konservativ partiyasi ichida Londonning Xitoyga nisbatan siyosatini qanday qurish kerakligi borasida tortishuvlar mavjud. 

Bir tomondan, joriy yilning aprel oyi oxirida Buyuk Britaniya Tashqi ishlar vaziri Jeyms Kleverli global muammolarni hal qilish uchun Xitoy bilan konstruktiv munosabatlar o‘rnatish zarurligini bildirgan. 5 may kuni vazir Qirol Charlz III ning toj kiyish marosimiga borgan va XXR Raisi o‘rinbosari Xan Chjen bilan uchrashgan. Xuddi shu oyda Britaniya hukumati amaldori 5 yil ichida birinchi marta Xitoyga safar qilgan. Yaqin kelajakda Kleverlining o‘zi ham Pekinga borishni rejalashtirmoqda. 

Boshqa tarafdan, mazkur qadamlar Tori partiyasining o‘ng qanotidagi XXRga nisbatan dushman bo‘lgan “qirg‘iylar” guruhining noroziligiga sabab bo‘lmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

Xitoy Britaniya razvedka MI6

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing