Xitoy Bosh diplomati Moskvaga boradi

Olam

image

Bugun, 21 fevral kuni Moskvaga Xitoy Kommunistik partiyasi Markaziy Qo‘mitasining tashqi ishlar komissiyasi devonxonasi rahbari, siyosiy byuro a’zosi Van I kelishi kutilmoqda. Bu haqda TASS nashri xabar berdi.

Qayd etilishicha, Van I Moskvaga kunning ikkinchi yarmida yetib borishi kutilmoqda. U tashrif chog‘ida Putin bilan ko‘rishishi aytilmoqda.

Ta’kidlash joiz, Van I kecha, 20 fevralda Budapeshtda bo‘lib, u yerda Vengriya tashqi ishlar vaziri Peter Siyarto bilan uchrashgandi. Bungacha Xitoy Kommunistik partiyasi Markaziy Qo‘mitasining Tashqi ishlar komissiyasi devonxonasi rahbari Myunxen xavfsizlik konferensiyasiga tashrif buyurgan va uning doirasida AQSH Davlat kotibi Entoni Blinken bilan uchrashgandi.

Eslatib o‘tamiz, oldinroq Van I Rossiya Federatsiyasining Ukrainaga bosqini boshlanganiga bir yil to‘layotgan bo‘lsada, ayrim siyosiy kuchlar tinchlik muzokaralari amalga oshishini istamayotgani, chunki bu kuchlar faqat o‘z strategik maqsadlarini ko‘zlashini aytgandi. 

Alibek Beyjanov


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing