Pekin Ukrainadagi inqirozni hal qilish uchun harakat qiladi

Olam

image

Xitoy hukumati Ukraina inqirozini siyosiy yo‘llar bilan hal qilish uchun boshqa davlatlar bilan hamkorlik qiladi va mojaroning “g‘oliblar bo‘lmaydigan” yadro urushiga aylanib ketishini qabul qilib bo‘lmas holat deb hisoblaydi. Bu haqda bugun, 18 fevral kuni Xitoy Kommunistik partiyasi markaziy qo‘mitasi (XKP Markaziy qo‘mitasi) tashqi ishlar komissiyasi devonxonasi rahbari, Siyosiy byuro a’zosi Van I ma’lum qildi.

“Biz barcha tomonlar bilan ishlaymiz va Ukrainada tinchlik bo‘lmaguncha uzluksiz sa’y-harakatlar qilamiz. Xitoy inqirozni tinch yo‘l bilan hal qilishga qaratilgan sa’y-harakatlarni qo‘llab-quvvatlaydi. Va sizga eslatib o‘tmoqchimanki, yadro urushi bo‘lmasligi kerak, unda hech kim g‘alaba qozonmaydi”, deydi u xavfsizlik bo‘yicha Myunxen konferensiyasida.

Xitoy diplomatining so‘zlariga ko‘ra, hozirgi vaziyatda tinch maqsadlarda foydalaniladigan atom elektr stansiyalari va atom inshootlariga hujumlarning oldini olish zarur, chunki bunday infratuzilmaga qilingan hujumlar falokatga aylangan. Van I, shuningdek, Pekin har qanday sharoitda ham kimyoviy yoki biologik qurollardan foydalanishga qarshi ekanini eslatgan.

Van Ining aytishicha, Rossiya Federatsiyasining Ukrainaga bosqini boshlanganiga bir yil to‘layotgan bo‘lsada, ayrim siyosiy kuchlar tinchlik muzokaralari amalga oshishini istamayapti, chunki bu kuchlar faqat o‘z strategik maqsadlarini ko‘zlaydi.

“Biz olovga yog‘ quymaymiz va bu inqirozdan kimningdir foyda ko‘rishiga qarshimiz”, degan Van I.

Eslatib o‘tamiz, bugun Germaniyaning Myunxen shahrida 59-xavfsizlik konferensiyasi boshlangan edi. Tadbirda asosan Ukrainadagi urush, NATO kelajagi va Osiyodagi vaziyat muxokama qilinmoqda. 

Alibek Beyjanov


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing