Xitoy birinchi bo‘lib koronavirus vaksinasining global sinovini boshladi

Salomatlik

image

Birlashgan Arab Amirliklari poytaxti Abu-Dabida Xitoyda ishlab chiqilgan inaktivlashtirilgan koronavirus vaksinasining birinchi global klinik sinovlari boshlandi.

COVID-19 ning inaktivlashtirilgan vaksinasi China National Pharmaceutical Group Co., Ltd. (Sinopharm Beijing) tarkibiga kiruvchi Xitoy milliy biotexnologiya guruhi qoshidagi Uxan biologik mahsulotlar institutida (CNBG) tayorlangan.

COVID-19 ning inaktivlashtirilgan vaksinasi 1 va 2-bosqichlardagi sinvolarda barcha ishtirokchilarda antitanacha hosil qilgan.

Abu-Dabi sog‘liqni saqlash departamenti Abdullo ibn Muhammad Al-Hamid dunyoda birinchi bo‘lib inaktivlashtirilgan koronavirus vaksinasining 3-bosqich sinovining ishtirokchisiga aylandi. Sinov uchun BAA tanlanishining sababi bor. Mamlakatda 200 dan ortiq millat vakillari istiqomat qiladi. Bu vaksinani mumkin qadar ko‘proq etnik guruh vakillarida sinab ko‘rish imkonini beradi. Bu vaksinaning ommabopligini oshiradi.

Vaksina sinovi G42 Healthcare va Sinopharm CNBG hamkorligining natijasi hisoblanadi. BAA sog‘liqni saqlash idoralari sinovlarda 15 ming volontyor ishtirok etishiga ruxsat berdi.

Avvalroq, Rossiya ham koronavirus vaksinasi masalasida ijobiy natijalarga erishgani haqida xabar bergan edik. Mamlakatda ilk vaksinani avgust oyi o‘rtalarigacha ro‘yxatdan o‘tkazish rejalashtirilgan.


Maqola muallifi

Teglar

vaktsina koronavirus

Baholaganlar

1289

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing