Xitoy armiyasi Tayvan orolini o‘rab oldi

Olam

image

Tayvan hududidagi mashg‘ulotlar davomida Xitoy Qurolli kuchlari haqiqatda orolni o‘rab oldi va haqiqiy jangovar qobiliyatlarni sinab ko‘rish uchun turli ssenariylarni mashq qilmoqda. Buni Xitoy Xalq Ozodlik Armiyasi Sharqiy jangovar qo‘mondonlik zonasi o‘zining WeChat messenjeridagi rasmiy akkauntida e’lon qilgan mashg‘ulotlarning interaktiv xaritasi tasdiqlaydi.

Xitoy “Qo‘shma qilich 2024A” mashg‘ulotlarini o‘tkazish uchun quruqlik qo‘shinlari, dengiz floti, havo kuchlari, raketa kuchlari va boshqa kuchlarini Szinmen, Matsu, Usyuyuy va Dun’in orollari hududiga joylashtirdi. Bu haqida Xitoy Xalq Ozodlik Armiyasi (XXQ) Sharqiy jangovar qo‘mondonlik zonasi o‘z bayonotida e’lon qildi. Qo‘mondonlik o‘zining messenjeridagi rasmiy akkauntida e’lon qilgan mashg‘ulotlarning interaktiv xaritasi bu xabarni tasdiqlaydi. Xarita Tayvan hududidagi mashg‘ulotlar davomida Xitoy qurolli kuchlari haqiqatda orolni o‘rab olgani va haqiqiy jangovar qobiliyatlarni sinab ko‘rish uchun turli ssenariylarni mashq qilayotganini o‘zida aks ettirmoqda.

“Xalq ozodlik armiyasining Sharqiy jangovar qo‘mondonlik zonasi quruqlikdagi qo‘shinlar, dengiz kuchlari, havo kuchlari, raketa kuchlari va boshqa kuchlarni “Qo‘shma Qilich 2024A” mashqlarini o‘tkazish uchun Tayvan orolining shimoli, janubi va sharqida, shuningdek, Szinmen, Matszu, Usyu va Dun’in orollari hududiga joylashtirdi”, deyiladi qo‘mondonlik bayonotida.

Shuningdek, mashg‘ulotlarning asosiy maqsadi jangovar harakatlar o‘tkazish uchun mo‘ljallangan hududni nazoratga olish, turli kuchlarning o‘zaro ta’sirini mashq qilish hamda jalb etilgan kuch va vositalarning haqiqiy jangovar imkoniyatlarini sinovdan o‘tkazishdan iboratligi qayd etilgan. 

“Ular Tayvan mustaqilligini targ‘ib qilayotgan separatistlar, shuningdek, tashqaridan aralashishga urinayotgan kuchlar uchun jiddiy ogohlantirish va jazodir”, deyiladi qo‘mondonlik bayonotida.

 Mahalliy ommaviy axborot vositalarining xabariga ko‘ra, vaziyatning beqarorlashishi va Tayvan bo‘g‘ozidagi keskinlikning kuchayishiga Tayvan ma’muriyatining yangi rahbari Lay Sindening inauguratsiya marosimida so‘zlagan nutqi sabab bo‘lgan.

Eslatib o‘tamiz, Tayvan ma’muriyatining yangi rahbari Lay Sinde inauguratsiyada so‘zlagan nutqida Xitoyni tahdid qilishni bas qilishga va mustaqillikni saqlab qolish uchun “Tayvan xalqining tanlovini hurmat qilishga” chaqirgandi. U, shuningdek, "Xitoy bilan tinch muloqotga intilishini" va ikki tomonlama munosabatlarni tiklashini aytdi va "Xitoy Respublikasidagi Tayvanning kelajagi uning 23 million aholisi tomonidan belgilanishini" ta’kidlagan edi.


Maqola muallifi

Teglar

Xitoy Tayvan'

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing