Xitoy AQSHning 2 ta yirik harbiy kompaniyasiga sanksiyalar kiritadi

Olam

image

Xitoy AQSHning Raytheon Technologies va Boeing Defense mudofaa kompaniyalari top-menejerlariga Tayvanga qurol-yarog‘ sotgani uchun sanksiyalar joriy qiladi. Bu haqda Xitoy Tashqi ishlar vazirligi rasmiy vakili Mao Nin ma’lum qildi.

“XXR suvereniteti va xavfsizlik manfaatlarini himoya qilish maqsadida Xitoy hukumati Raytheon Technologies kompaniyasi raisi va bosh ijrochi direktori hamda Boeing Defense kompaniyasi Prezidenti va bosh ijrochi direktoriga qurol-yarog‘ yetkazib berishda ishtirok etganiga nisbatan sanksiya qo‘llashga qaror qildi,” deyiladi xabarda.

Diplomatning so‘zlariga ko‘ra, AQSHning Tayvanga qurol-yarog‘ sotishi “Yagona Xitoy” tamoyili va 17 avgustdagi uchta qo‘shma Xitoy-AQSH kommyunikelari qoidalarini, xususan, XXR suvereniteti, xavfsizlik manfaatlariga, shuningdek, Xitoy-AQSH munosabatlariga, Tayvan bo‘g‘ozidagi tinchlik va barqarorlikka jiddiy zarar yetkazadi. Xitoy esa bunga keskin qarshi.

Shuningdek, Mao Nin vaziyatning kelgusida rivojlanishiga qarab, Xitoy milliy suverenitet va xavfsizlik manfaatlarini himoya qilish uchun tegishli choralarni ko‘rishda davom etishini ta’kidlagan.

Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 2 sentyabr kuni AQSH Tayvanga qurol sotish va texnik xizmatlar ko‘rsatish bo‘yicha 1,1 milliard dollarlik uchta shartnomani e’lon qilgan edi.

Farangiz Salimova


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Baholaganlar

137

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing