Xitoy AQSHni yadroviy qurolsizlanish majburiyatini bajarishga chaqirdi

Olam

image

Bugun, 23 dekabr kuni Xitoy Tashqi ishlar vazirligi vakili Lin Jian Pekindagi matbuot anjumanida AQSHni yadroviy qurolsizlanish bo‘yicha majburiyatlarini bajarishga chaqirdi. Bu haqda “Straits times” xabar berdi.

Qayd etilishicha, bu chaqiriq Pentagonning Xitoy Mo‘g‘uliston chegarasi yaqinidagi hududlarga 100 dan ortiq qit’alararo ballistik raketalarni joylashtirgan bo‘lishi mumkinligi haqidagi hisobotiga javoban bildirildi.

“Eng yirik yadroviy arsenalga ega superdavlat sifatida AQSH uchun eng dolzarb vazifa yadroviy qurolsizlanish bo‘yicha maxsus va ustuvor mas’uliyatni astoydil bajarishdir”, dedi Lin Jian.

U, shuningdek, AQSH o‘z yadroviy arsenalini sezilarli darajada kamaytirib, boshqa yadroviy qurolga ega davlatlarning qurolsizlanish jarayoniga qo‘shilishini ta’minlashi kerakligini bildirdi.

Pentagon hisobotiga ko‘ra, Xitoy Mo‘g‘uliston yaqinidagi uchta silos maydonida 100 dan ortiq DF-31 qit’alararo ballastik raketalarni joylashtirgan bo‘lishi mumkin. Chikagoda joylashgan notijorat tashkilot – Bulletin of the Atomic Scientists esa Xitoy o‘z qurol zaxirasini boshqa davlatlarga nisbatan tezkor kengaytirayotganini va modernizatsiya qilayotganini bildirgan.

Lin Jianning qo‘shimcha qilishicha, Pekin bunday harakatlarni amalga oshirish yoki qurol nazorati bo‘yicha keng qamrovli muzokaralar olib borishga ishtiyoqini ko‘rsatmayapti.

“Xitoy yadroviy qurolni birinchi ishlatmaslik siyosatiga qat’iy amal qiladi va o‘zini himoya qilish uchun yadroviy strategiyani qo‘llab-quvvatlaydi. Hech bir davlat bilan yadroviy poygada qatnashmaydi”, dedi Lin.

Pentagon hisobotiga ko‘ra, 2024 yilda Xitoyda yadroviy kallaklar zaxirasi hali 600 dan past bo‘lgan, ammo Xitoy 2030 yilga kelib 1000 dan ortiq jangovar kallaklarga ega bo‘lishni rejalashtirmoqda. AQSHda esa taxminan 5177 ta yadroviy kallak mavjud.

Lin Jian, shuningdek, AQSHning ilgari ham shunga o‘xshash hisobotlar orqali Xitoyni modernizatsiya jarayonini tanqid qilganini va global strategik barqarorlikni buzuvchi harakatlarga bahona topishga urinayotganini ma’lum qildi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Yaponiya o‘z hududida AQSH yadro qurolini joylashtirmoqchiligi haqida xabar berilgandi.


Maqola muallifi

Teglar

AQSh Xitoy Pentagon yadro yadroviy qurolsizlanish

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing