Xitoy AQSHni tashvishga soluvchi raketani sinovdan o‘tkazdi
Olam
−
26 dekabr 2019
6073Xitoy harbiylari AQSHning istalgan nuqtasiga yetib boradigan yangi JL-3 ballistik raketasini suv otsi kemasi bilan sinovdan o‘tkazdi. Bu haqda “The Washington Times” nashri Pentagondagi manbasiga tayanib xabar berdi.
Mashg‘ulotlar joriy yilning 22 dekabr kuni Sariq dengizning shimoli-g‘arbidagi Boxay ko‘rfazida o‘tkazilgan. Qayd etilishicha, amerika razvedka sputniklari sinovni kuzatib turgan.
Yangi vayronkor qurol sinovi KXDRning ham shunday uzoq masofaga yetib boruvchi raketani sinovdan o‘tkazishi mumkin bo‘lgan sharoitda amalga oshirildi. Mashg‘ulotning qolgan tafsilotlari noma’lum.
Amerika Harbiy dengiz kuchlarining iste’fodagi kapitani Jeyms Fanellining so‘zlariga ko‘ra, rasmiy Pekinning harakati AQSHni “yadroviy shantaj tahdidi” ostida ushlab turish niyatiga ishora qiladi.
“The Washington Times”ning yozishicha, o‘tkazilgan mashg‘ulotlar JL-3 raketasining so‘nggi ikki yildagi to‘rtinchi sinovi bo‘lgan.
LiveBarchasi