Xitoy AQSHni ogohlantirdi

Olam

image

AQSH Xitoyning ichki ishlariga aralashsa, rasmiy Pekin suvereniteti va milliy manfaatlarini himoya qilish uchun qat’iy choralar ko‘radi. Bu haqda Xitoy Kommunistik partiyasi Markaziy qo‘mitasining tashqi ishlar komissiyasi rahbari Yan Szechi AQSH Prezidentining milliy xavfsizlik bo‘yicha maslahatchisi Jeyk Sallivan bilan telefon orqali suhbatda aytib o‘tdi.

Yan Szechining fikricha, rasmiy Vashington so‘nggi vaqtlarda Xitoyning ichki ishlariga aralashib, bir qancha noto‘g‘ri bayonotlar e’lon qilgan.

“Xitoy o‘z suvereniteti va xavfsizlik manfaatlarini himoya qilish uchun qat’iy choralar ko‘radi va biz so‘zlarimizni haqiqatga aylantiramiz”, deydi siyosatchi.

U Tayvan masalasi Xitoy-AQSH munosabatlarida eng muhim, sezgir va kalit nuqta ekanligini ta’kidlagan va agar AQSH “Tayvan xaritasi” atrofida keskinlikni kuchaytirib, noto‘g‘ri yo‘lni davom ettirsa, bu shak-shubhasiz xavfli vaziyat yuzaga kelishiga sabab bo‘ladi.

“Biz AQSHni vaziyatni aniq tushunishga, majburiyatlarga qat’iy rioya etishga va yagona Xitoy hamda uchta Xitoy-AQSH kommyunikesiga rioya qilishga chaqiramiz”, deydi Yang Szechi.

Ma’lumot o‘rnida, Yapon arxipelagi (yaponlar uni Senkaku, xitoylar esa Dyaoyuydao deb atashadi) 1895 yilda Xitoy bilan urushdagi g‘alabadan so‘ng, Tayvan bilan birga Yaponiya nazoratiga o‘tgan. Ikkinchi jahon urushidan keyin arxipelag AQSH nazorati ostiga o‘tdi, biroq keyinchalik yana Yaponiyaga o‘tkazildi. Urushdan keyin Tokio Tayvandan voz kechishga qaror qildi va shu munosabat bilan Pekin Yaponiya orollarni ham qaytarishi kerak, deb hisoblaydi. Xitoy va Yaponiya o‘rtasidagi hududiy nizoning yangi keskinlashuvi Tokio 2012 yilda arxipelagdagi beshta oroldan uchtasini xususiy yapon egasidan sotib olib, ularning davlat maqomiga urg‘u berganidan keyin yuzaga keldi.

 

Mashhura Jo‘rayeva


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Baholaganlar

891

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing