Xitoy AQSH mudofaa sanoatiga qo‘ygan taqiqni bekor qildi
Olam
−
09 noyabr 2025 3467 1 daqiqa
Xitoy AQSHga yarimo‘tkazgichlar, mikrochiplar, optoelektronika va mudofaa texnologiyalari ishlab chiqarishda qo‘llaniladigan galiy, germaniy va surma kabi ikki tomonlama maqsadli mahsulotlarni eksport qilishni vaqtincha to‘xtatdi. Bu haqda Xitoy Savdo vazirligi xabar berdi.
Hujjatlarga ko‘ra, 2024 yilning dekabr oyida kiritilgan cheklovlar 2025 yil 9 noyabrdan 2026 yil 27 noyabrgacha vaqtincha bekor qilinadi. Qaror “global yetkazib berish zanjirlari barqarorligini ta’minlash maqsadida hamda o‘zaro hurmat va o‘zaro manfaatdorlik tamoyili asosida” qabul qilingan.
Xitoy ilgari mamlakat kompaniyalarining ilg‘or yarimo‘tkazgich texnologiyasiga kirishini cheklash bo‘yicha AQSH choralariga javoban bir qator muhim materiallar, jumladan, noyob tuproq elementlari, grafit va maxsus qotishmalarga eksport cheklovlarini joriy qilgan edi.
Tahlilchilarning fikricha, taqiqning to‘xtatilishi Pekinning Vashington bilan savdo ziddiyatlarini yumshatishga urinishidan darak berishi va “texnologik sulh”ga kirishishga tayyorligini ko‘rsatishi mumkin.
Ushbu materiallar – galliy, germaniy va surma – harbiy, kosmik va mikroelektronika sanoati uchun asosiy komponentlardir va Xitoy bunday resurslarning dunyodagi eng yirik yetkazib beruvchisi bo‘lib qolmoqda.
Live
Barchasi