Xitoy 9 davlatni BRICS’ga taklif qildi
Olam
−
23 may 2022
20777Xitoy to‘qqizta davlatni, jumladan, Qozog‘istonni BRICS+ a’zosi bo‘lishga taklif qildi. Bu haqda Xitoyning BMTdagi doimiy vakili Chjan Szyun Twitter’dagi postida yozib qoldirdi.
“Biz Qozog‘iston, Saudiya Arabistoni, Argentina, Misr, Indoneziya, Nigeriya, Senegal, BAA va Tailandning BRICS+ muloqotiga qo‘shilishini samimiy qutlaymiz”, deb yozdi u Twitter’da.
Uning so‘zlariga ko‘ra, “rivojlanayotgan bozor va rivojlanayotgan mamlakatlar o‘rtasidagi hamjihatlik va hamkorlik bugungi global muammolarni hal qilishda muhim ahamiyatga ega”.
Eslatib o‘tamiz, Xitoy Tashqi ishlar vaziri Van I Xitoy BRICS’ni (unga Braziliya, Rossiya, Hindiston, Xitoy va Janubiy Afrika Respublikasi a’zo) kengaytirishni boshlashni taklif qilgandi. BRICS mamlakatlari Tashqi ishlar vazirlari kengaytirish taklifini qo‘llab-quvvatladilar.
BRICS tashkiloti ishtirokchi davlatlar o‘rtasida iqtisodiy va sarmoyaviy hamkorlikni rivojlantirish va mustahkamlash maqsadida tuzilgan.
LiveBarchasi