Xitoy 1000 ta yadroviy kallakka ega bo‘lishi mumkin
Olam
−
02 noyabr 2022
8712Kubada 60 yil avval sodir bo‘lgan raketa inqirozidan dars olganiga qaramay, Xitoy yadroviy qurol xavfini kamaytirish choralarini muhokama qilishdan manfaatdor emas. Xitoy rahbari Si Szinpin joriy yilning oktyabr oyida qilgan nutqida strategik tiyib turuvchi qurollarni kuchaytirish niyatida ekanligi borasida signallar berdi. Bu haqda AQSH rasmiylaridan birining so‘zlariga tayanib, “Reuters” yozmoqda.
Pentagonning ta’kidlashicha, Xitoy o‘z yadroviy kuchlarini sezilarli darajada kengaytirmoqda va mamlakat 2030 yilga borib 1000 ta yadro kallakka ega bo‘lishga intilmoqda. Pekin uzoq vaqtdan beri Vashington bilan qurol nazorati bo‘yicha muzokaralardan bo‘yin tovlab keladi. Bunga sabab sifatida Qo‘shma Shtatlar azaldan ancha katta yadroviy arsenalga ega ekanligi ta’kidlanadi.
AQSH Davlat kotibining qurol nazorati, tekshirish va talablarga rioya qilish bo‘yicha yordamchisining o‘rinbosari Aleksandra Bell Atlantika Kengashida AQSHning sa’y-harakatlariga qaramay, Vashington va Pekin hali ham yadroviy qurol masalasi bo‘yicha hamkorlikni boshlamaganini ma’lum qildi.
“Birinchi qadam sifatida biz ular bilan bir-birimizning doktrinalarimiz, inqirozli aloqalar, inqirozni boshqarish haqida suhbatlashishni juda xohlaymiz”, degan Bell.
AQSH rasmiysi Vashingtonning Rossiya bilan o‘nlab yillar davomida yadroviy masalalarda muzokaralar olib borganini ham qo‘shimcha qilgan.
“Biz hozircha Pekin bilan muzokara maydonida emasmiz. Demak, suhbatni boshlash uchun qilinadigan ishlar bor. Biz ikki tomonlama fikrdamiz. Biz hozir Kubadagi raketa inqirozining 60 yilligini nishonlamoqdamiz. Bir-birimiz bilan suhbatlashishimiz kerakligini bilish uchun buni takrorlashning hojati yo‘q”, degan Aleksandra.
Bell 1962 yilda sodir bo‘lgan Kuba voqealarga ishora qilgan. O‘shanda Amerika Qo‘shma Shtatlari va Sovet Ittifoqi Kubada sovet raketalari mavjudligi sababli yadroviy urushga juda yaqin kelgandi.
AQSHning Milliy xavfsizlik bo‘yicha maslahatchisi Jeyk Sallivan o‘tgan yili Xitoy Raisi Si Szinpin va Prezident Jo Bayden o‘rtasidagi qo‘ng‘iroqdan so‘ng, tomonlar strategik barqarorlik bo‘yicha muhokamani davom ettirishga kelishib olishganini aytdi.
Ammo Xitoy Raisi oktyabr oyida bo‘lib o‘tgan Kommunistik partiya qurultoyida Xitoy o‘zining strategik tiyib turuvchi qurollarini kuchaytirishiga ishora qilgan. "Strategik tiyib turuvchi kuch" atamasi esa ko‘pincha yadro qurolini ifodalash uchun ishlatiladi.
LiveBarchasi