Xitoy harbiylari Tayvan oroliga yaqinlashdi

Olam

image
0:00
0:00
download

Kecha, 28 fevral kuni Tayvan qurolli kuchlari orol yaqinida Xitoy Xalq Ozodlik Armiyasining 3 ta kemasi va 25 ta samolyotini qayd etdi. Bu haqda bugun, 1 mart kuni Tayvan mudofaa vazirligi ma’lum qildi.

“Bugun, soat 06:00 holatiga ko‘ra, Tayvan yaqinida Xalq Ozodlik Armiyasining 25 ta samolyoti va 3 ta kemasi topildi”, deyiladi vazirlik bayonotida.

Qayd etilishicha, Tayvan qurolli kuchlari vaziyatni kuzatmoqda hamda aviatsiya, dengiz floti va quruqlikdagi zenit-raketa tizimlarini shay holatga keltirilmoqda. 

Shuningdek, vazirlik orolning janubi-g‘arbiy tomonidan 19 ta Xitoy samolyoti Tayvan havo mudofaasining tanib olish zonasiga kirgani, ular J-10 ko‘p maqsadli qiruvchi samolyotlar ekanini aytgan.

Ta’kidlash joizki, Tayvan bo‘g‘ozidagi keskinlik 2022 yil avgust oyida o‘sha paytdagi AQSH Kongressining Vakillar palatasi spikeri Nensi Pelosi Taypeyga tashrif buyurganidan so‘ng kuchaygan. Yuqori mavqeli AQSH rasmiysining Xitoy o‘z provinsiyasi deb hisoblovchi orolga tashrif buyurgani Pekinda haddan tashqari norozilikka sabab bo‘lgandi. 

Ma’lumot uchun, Tayvan 1949 yilda Chan Kayshi boshchiligidagi “Gomindan” (partiya nomi) qo‘shinlarining qoldiqlari Xitoy fuqarolar urushida mag‘lub bo‘lib, orolga qochib ketganidan beri o‘z ma’muriyati tomonidan boshqariladi. O‘shandan buyon Taypeyda kommunistlar hokimiyatga kelishidan oldin materikda mavjud bo‘lgan sobiq Xitoy Respublikasi bayrog‘i va boshqa atributlari saqlanib qolgan. Pekinning aksariyat davlatlar tomonidan qo‘llab-quvvatlangan rasmiy pozitsiyasiga ko‘ra, Tayvan XXR viloyatlaridan biri sanaladi.

Alibek Beyjanov


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing