Xitoy harbiy samolyotlari Tayvan havo hududiga kirdi

Olam

image

So‘nggi 24 soat ichida Tayvan atrofida Xitoy harbiy-havo kuchlarining 71 ta samolyoti aniqlandi. Bu haqda bugun, 26 dekabr kuni tan olinmagan davlat Mudofaa vazirligiga tayanib DW ma’lum qildi. 

Unga ko‘ra, 47 ta samolyot Tayvan bo‘g‘ozidagi o‘rta chiziqni kesib o‘tib, Tayvan havo mudofaasini aniqlash zonasi (Adiz)ga yetib kelgan. Departament, shuningdek, orol yaqinida Xitoy harbiy-dengiz kuchlarining yettita kemasi qayd etilgani haqida xabar bergan.

Bir kun oldin Pekin Tayvan yaqinidagi dengiz va havo hududida harbiy mashg‘ulotlar o‘tkazdi. Unda zarbalar tayyorlash bo‘yicha mashg‘ulotlar bo‘lib o‘tgan.

Tayvan Mudofaa vazirligi ma’lumotlariga ko‘ra, orol hududida XXRning sakkizta samolyoti va uchta kemasi ko‘ringan. So‘nggi paytlarda tan olinmagan davlat hokimiyati bunday follik haqida haftada bir necha marta xabar qilmoqda.

Pekin bu manyovrlar “AQSH va Tayvan rasmiylarining kuchayib borayotgan til biriktirishi va provokatsiyasiga hal qiluvchi javob”, deb izoh berdi. Taybey, o‘z navbatida, Xitoy “mintaqadagi tinchlikni yo‘q qilish niyatida va Tayvan xalqini qo‘rqitishga harakat qilmoqda”, deb ma’lumot berdi.

Xitoy Tayvanni XXR tarkibiga kiruvchi isyonkor provinsiya deb biladi. Tayvan mustaqilligini jahon hamjamiyatining aksariyat a’zolari, shu jumladan, AQSH va Rossiya ham tan olmaydi.

Shu bilan birga, 23 million tayvanlik uzoq vaqtdan beri o‘zini mustaqil, deb hisoblab keladi. Xitoy va Tayvan o‘rtasidagi keskinlik so‘nggi paytlarda AQSH Kongressi Vakillar palatasi spikeri Nensi Pelosi, amerikalik kongressmenlar va boshqa davlatlar, jumladan Germaniya vakillarining ushbu orolga tashrifidan so‘ng kuchaygan. Xitoy Taybey rahbariyatiga bosimni kuchaytirish uchun Tayvan hududida harbiy faoliyatni kengaytirish orqali javob berdi.

Oktyabr oyida Xitoy rahbari Si Szinpin Tayvanga harbiy kuch bilan tahdid qilgan edi. 

“Xitoy rahbariyati barcha zarur choralarni ko‘rish imkoniyatini o‘zida saqlab qoladi”, degan u Xitoy Kommunistik partiyasi qurultoyida. 

Shu bilan birga, Si Szinpin harbiy kuch ishlatish tahdidi “Tayvan aholisi”ga qarshi emas, balki chet el aralashuvi va mustaqillik tarafdorlarining “ozgina soniga” qarshi qaratilganini ta’kidlagan.

Bunga javoban Taybey orol suverenitetdan voz kechmasligini, erkinlik va demokratiya masalalarida murosaga kelmasligini aytgan.

Sohiba Komilovna


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Xitoy Tayvan harbiy samolyot

Baholaganlar

154

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing