Xitoyda suhbatlasha oladigan velosiped yaratildi
Texnologiya
−
15 iyul 2023
4906Xitoyning Urtopia kompaniyasi suhbatlashish qobiliyatiga ega bo‘lgan elektr velosipedni taqdim etdi. Bu haqda “Gazeta.ru” nashri xabar berdi.
Aqlli velosiped ChatGPT, mikrofonlar va dinamiklar bilan jihozlangan.
Sayr vaqtida haydovchi velosipeddan marshrut tafsilotlarini so‘rashi, ob-havo ma’lumotidagi o‘zgarishlarni ko‘rishi va mashg‘ulotini qanday yaxshilash bo‘yicha maslahatlar so‘rashi mumkin. Bundan tashqari, agar yo‘lovchi zeriksa, sun’iy intellekt hatto haqiqiy inson kabi suhbatlashishga o‘tadi.
Shuningdek, smartfon bilan sinxronizatsiya mavjud bo‘lib, u mashg‘ulot natijalarini va velosiped joylashuvini ko‘rsatadi. Yangi velosipedga Fusion Strava va Apple Health kabi mashhur sport ilovalari ham o‘rnatilgan.
“U velosipedchilarning o‘zaro munosabatini o‘zgartiradigan, avtomobilni yanada qiziqarli va samarali mashg‘ulotlar uchun shaxsiy yordamchiga aylantiradigan sanoat yutug‘i”, dedi ishlab chiqaruvchi kompaniya.
Aqlli avtomobilning narxi shu yil oxiriga kelib e’lon qilinishi rejalashtirilmoqda.
Eslatib o‘lamiz, Amherst Massachusetts universiteti muhandislari jamoasi toza elektr ta’minotini yaratish uchun havodagi namlikni yig‘ib oladigan qurilmani ishlab chiqdi.
Sevara Husniddinova
LiveBarchasi