XDP va ASDP kurashi: saylov tugab, mashmashasi davom etmoqda

Tahlil

image

Yaqinda QALAMPIR.UZ tahririyatiga xalq deputatlari Toshkent viloyati Kengashi deputatligiga nomzodi qo‘yilgan Akmal Karimovнинг vakillari murojaat qilishdi. Murojaatda Akmal Karimov nomzodi qo‘yilgan 47-“Nurafshon” saylov okrugida “o‘yinlar” bo‘lgani ma’lum qilingandi.

Unda aytilishicha, mazkur saylov okrugida Xalq demokratik partiyasidan Akmal Karimov va Adolat sotsial-demokratik partiyasidan Umid Shoumarov nomzodlari ko‘rsatilgan. Caylovda nomzodlarning har bir saylov uchastkasida o‘z vakillari bo‘lgan. Saylov tugagach, yig‘ilgan byulletenlar hisoblab chiqilgan. 

Odatda qayta saylovdan keyin ularni hisoblash uchga bo‘linadi: birinchi nomzodga ovoz berganlarning, ikkinchi nomzodga ovoz berganlarning va haqiqiy emas deb topilgan saylov byulletenlarini hisoblash. Saylov yakunida saylov qutilari ochilib, byulletenlar sanalgach, saylovchilar saylov uchastkasida nomzodlarga quyidagicha ovoz berishgani aniqlangan. 

Saylov uchastkasi raqami      Akmal Karimov     Umid Shoumarov
159-saylov uchastkasi                        183                             109
160-saylov uchastkasi                        102                              86
161-saylov uchastkasi                        228                             182
162-saylov uchastkasi                        592                             797
163-saylov uchastkasi                        364                             298
164-saylov uchastkasi                        594                             120
165-saylov uchastkasi                        170                             327
166-saylov uchastkasi                        616                             230
167-saylov uchastkasi                        301                             489
168-saylov uchastkasi                        213                              99
169-saylov uchastkasi                        111                             137
170-saylov uchastkasi                        274                             673

Yakuniy natijaga ko‘ra, Xalq demokratik partiyasidan Akmal Karimovга 3748 saylovchi ovoz bergan. Adolat sotsial-demokratik partiyasidan Umid Shoumarovга esa 3547 saylovchi ovoz bergan. Natijalar qayd etilgan bayonnomalarga har bir saylov uchastkasidagi komissiya raisi, o‘rinbosari, komissiya kotibi va komissiya a’zolari imzo qo‘ygan va uchastka muhri bosilgan. Barcha dalillar birinchi taraf vakillari tomonidan tahririyatimizga taqdim etildi.

Ammo joriy yilning 7 yanvarida e’lon qilingan xalq deputatlari Toshkent viloyat Kengashiga saylov okruglaridan saylangan deputatlarning ro‘yxatida 47-“Nurafshon” saylov okrugidan Umid Shoumarovнинг nomini ko‘rish mumkin.

Keyin yana bir holatga duch keldik. 168-saylov uchastkasiда natijalar Akmal Karimov foydasiga 213:99 nisbatda turibdi. Lekin bizda mavjud boshqa hujjatda esa u Akmal Karimov zarariga 113:199 nisbatda o‘zgartirilgan. Buni 47-“Nurafshon” saylov okrugi raisi Ilhom Ortiqboyev ham tasdiqladi. Lekin buni u o‘zgartirmagani, bu faqat 168-saylov uchastkasining muhri asosida o‘zgartirilishi mumkinligi, nomzod Umid Shoumarov bitta farq bilan yutgani va natijalar qayerda o‘zgartirilgani haqida bilmasligini ma’lum qildi.

168-saylov uchastkasidagi raqamlar haqida uchastka raisi bo‘lgan Dilshod Karimovдан izoh oldik. U ham raqamlar  231:99 nisbatda bo‘lgani va uning uchastkasida Akmal Karimov g‘olib bo‘lganini aytdi. Buni o‘sha yerda qatnashgan ayollardan biri, uchastka komissiya kotibi Salima Musayeva ham tasdiqladi. 

Bu yerda yana bir qiziq joyi: agar natijalar Umid Shoumarov foydasiga 113:199 nisbatda bo‘lganida ham Akmal Karimov 3648 ta ovoz bilan yutishi kerak edi. Xo‘sh, Umid Shoumarov qay tarzda saylovda g‘olib bo‘ldi? Yuqoridagi holatlardan so‘ng, g‘olib bo‘lgan taraf Umid Shoumarov bilan bog‘landik. Ma’lumotlarga ko‘ra, Umid Shoumarov ASDP Toshkent viloyat Kengashiga ham rahbarlik qiladi. Undan umumiy hisobda nechta ovoz olib g‘olib bo‘lgani, 168-saylov uchastkasida necha nisbatda ovoz yiqqani haqida so‘radik.

“Men mazkur hududda 10 yildan beri deputat sifatida faoliyat yuritib kelyapman. Okrugdagi mahallalarga ancha foydam tegdi. Suv, elektr, asfalt bo‘yicha bir qancha muammolarni hal qilishda tashabbus ko‘rsatganman. Men va deputatlarim bu ishlarning boshida turganmiz. Men ishlaganman doim. Buni har bir mahalla raisi, har bir hokim biladi”, dedi Shoumarov

Undan saylov yakuni bo‘yicha nechta ovoz bilan g‘olib bo‘lgani haqida so‘raganimizda, unga berilgan qarorda raqamlar keltirilmaganini bildirdi. Saylovda ayrim nomzodlar pul bilan yutishga harakat qilgani, lekin o‘ta olmaganini ta’kidladi. Umid Shoumarov shuningdek, unda mazkur saylovdagi “uyinlar” yuzasidan yetarli asoslar mavjud ekani va tegishli idoralardan kelishsa, dalillar va guvohlarni ham bemalol havola eta olishini bildirdi.

Bu yerda o‘z-o‘zidan bir nechta savollar paydo bo‘lmoqda: 47-“Nurafshon” saylov okrugida qayta saylov qonuniy asosda o‘tganmi? Agar saylov byulletenlari soni bo‘yicha Akmal Karimov g‘olib bo‘lgan bo‘lsa, nega Umid Shoumarov deputat sifatida rasman e’lon qilindi? Murojaatchilar 168-saylov uchastkasidagi natijalar keyinroq o‘zgartirilgan bo‘lishi mumkinligini aytishmoqda. Yuqorida mas’ullar buni ular qilmaganini aytishdi. Unda natijalar kim tomonidan o‘zgartirilgan bo‘lishi mumkin? Umid Shoumarov saylov vaqtida nomzod Akmal Karimov tomonidan mablag‘ sarflangani va dalillar yetarli ekanini aytmoqda. Bu qanchalik haqiqat? Umid Shoumarov buni isbotlay oladimi? Ichki ishlar vazirligi hamda Bosh prokuratura mazkur holatda qay darajada masalani chuqur tahlil qilib aybdorlarni jazolaydi?

O‘zbekiston Ruspublikasi Bosh prokuraturasi, Ichki ishlar vazirligi, Markaziy saylov komissiyasi va boshqa mas’ul tashkilotlardan yuqoridagi holat bo‘yicha tekshiruv o‘tkazishlarini so‘rab qolamiz. 

Hozircha QALAMPIR.UZ sayti voqealar rivojini kuzatadi.
 


Maqola muallifi

Teglar

saylov XDP ASDP

Baholaganlar

158

Reyting

3.2

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing