XDP targ‘ibotning “yolg‘on orqali hujum” taktikasini tanlamoqda – deputat
Jamiyat
−
21 avgust 2019
7339O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati, O‘zbekiston Liberal demokratik partiyasi a’zosi Rasul Kusherboyev Xalq demokratik partiyasini targ‘ibotning pastkash usulidan foydalanayotganligini ta’kidladi.
“Xalq demokratik partiyasi vakillarining so‘nggi vaqtlarda telekanallardagi jonli efirlardan foydalanib, hech bir asosga ega bo‘lmagan gaplar bilan O‘zLiDeP obro‘sini tushirishga bo‘layotgan harakatlari tizimli tus olib borayapti.
Dastlab Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashidagi XDP a’zosi bo‘lgan deputatning O‘zLiDeP g‘oyalarini barcha ahloqsizlik va ma’anaviyatsiz ishlarning boshida ekanligida ayblashga bo‘lgan urinishini “shunchaki dunyoda LGBD va LDPni ajrata olmaydigan bir odamning fikrida”, deya jiddiy qabul qilmadim. Biroq o‘tgan hafta “Munosabat” ko‘rsatuvidagi efir vaqtida XDP Markaziy kengashi sektori mudiri Ravshan Hamidovning O‘zLiDeP Samarqand viloyatida tadbirkorning suv quvuri bilan bog‘liq muammosini hal qilib bermagan bo‘lsa ham hal qildik, deb saytida yozib, “soxta obro‘ qozonmoqchi” mazmunidagi iddaosini eshitgach, XDP O‘zLiDePning har bir ishini puxta kuzatib borish uchun ancha kuch va mehnat sarf qilayotganligiga amin bo‘lgandim.
Bugun o‘sha XDP vakilining O‘zLiDePni ishidan kamchilik qidirish bo‘yicha Samarqand viloyatidagi kuzatuvlari aslida navbatdagi yolg‘on va bo‘xtondan iboratligi oydinlashdi. Ma’lum bo‘lishicha, Samarqand viloyatida tadbirkor haqiqatan suv quvurlaridan suvning oqib yotishi uning tadbirkorlik faoliyatiga halaqit berayotganligi uchun shikoyat bilan O‘zLiDeP Samarqand viloyat Kengashiga murojaat qilgan. O‘z o‘rnida partiya aralashuvi bilan “Suvoqova” korxonasi dastur ijrosidan kelib chiqib quvurlarni almashtirib, muammoni barataraf etgan. Bu bor gap, XDP vakilining so‘zlari esa yo‘q.
Xalq demokratik partiyasi vakillarining O‘zLiDePga “bo‘xton toshlari otishi” tizimli kasb etib borayotganligidan xulosa qilish mumkinki, XDP saylovlar arafasida odamlar o‘rtasida e’tibor qozonishning pastkash, ya’ni yolg‘on orqali hujum taktikasini tanlamoqda. O‘z atrofida minglab to‘g‘riso‘z, fidoyi, jonkuyar va ziyoli yurtdoshlarimizni birlashtirgan XDPning vakillariga xalq ishonchini bu yo‘l bilan qozonish siyosiy madaniyatsizlikka kirishi va o‘z hurmatiga ega partiya obro‘sining tushishiga olib kelishini eslatib o‘tmoqchiman”, deydi deputat Rasul Kusherboyev.
LiveBarchasi