Prezidentlikka ilk ayol nomzod ko‘rsatildi

Jamiyat

image

Bugun, 7 avgust kuni O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasining navbatdagi 4-plenumi boshlandi. Unda 2021 yilgi prezidentlik saylovida Maqsuda Vorisovani nomzod sifatida ko‘rsatish masalasi muhokama qilindi.

Xalq demokratik partiyasi Markaziy Kengashi raisi Ulug‘bek Inoyatov O‘zbekiston Respublikasi Prezidentligiga partiya elektorati, tarafdor va faollari tomonidan tavsiya etilgan Maqsuda Azizovna Vorisovani partiyaning Qurultoyida ko‘rib chiqish uchun nomzod sifatida ko‘rsatilganini e’lon qildi.

Bungacha Ekologik partiya, "Milliy tiklanish" demokratik partiyasi va "Adolat" sotsial-demokratik partiyasi o‘zi nomzodlarini e’lon qilgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

627

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made