XDP “Adolat”ni sudga beradimi?

Jamiyat

image

Kecha, 10 yanvar kuni QALAMPIR.UZ saytida “XDP va ASDP kurashi: saylov tugab, mashmashasi davom etmoqda” deb nomlangan material e’lon qilingandi. Unda Toshkent viloyati 47-“Nurafshon” saylov okrugida bo‘layotgan holat xususida yoritilgandi. 

Ushbu tahliliy maqolaga “Adolat” sotsial-demokratik partiyasi o‘z munosabatini bildirdi. Unda shunday deyiladi: 

“Joriy yil 10 yanvar kuni Qalampir.uz saytida “XDP va ASDP kurashi: saylov tugab, mashmashasi davom etmoqda” sarlavhasi ostida maqola e’lon qilindi.

O‘zbekiston “Adolat” SDP Qalampir.uz tahririyatining mazkur masalani atroflicha o‘rganishga harakat qilganini va barcha tomonlarning fikrini tinglaganini e’tirof etadi va qo‘llab-quvvatlaydi.

Ushbu holat yuzasidan “Adolat” SDP O‘zbekiston Respublikasi saylov kodeksiga mufoviq saylov jarayonlarining belgilangan qonunchilik talablari doirasida o‘tkazilishini ta’minlash Xalq deputatlari Toshkent viloyati Kengashiga saylov o‘tkazuvchi Toshkent viloyat saylov komissiyasi va tegishli uchastka saylov komissiyalari vakolatiga kirishini ma’lum qiladi.

Qonunchilikka muvofiq siyosiy partiyalar yoki ularning nomzodlari saylov komissiyasi faoliyati yoki qarorlariga ta’sir ko‘rsatishga haqli emas. Xalq deputatlari Toshkent viloyat Kengashiga 47-Nurafshon okrugiga “Adolat” SDPdan qo‘yilgan nomzod Umid Shoumarov tomonidan ham bu kabi qonunchilikka zid harakatlar amalga oshirilmagan.

Agarda deputatlikka nomzodi ko‘rsatilgan fuqaro yoki uning vakillari saylov natijalaridan norozi bo‘lsa O‘zbekiston Respublikasi Saylov kodeksining 102-moddasiga ko‘ra yuqori turuvchi saylov komissiyasiga yoki sudga shikoyat qilishi mumkinligi ma’lum qilinadi”.
Partiya ushbu vaziyatda da’vogar taraf O‘zbekiston Respublikasi Saylov kodeksiga ko‘ra yuqori turuvchi saylov komissiyasiga yoki sudga shikoyat qilishi mumkinligini aytmoqda. Xalq demokratik partiyasi o‘z nomzodini himoya qilish yuzasidan hozircha hech qanday munosabat bildirmagan.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

101

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing