Xayr, Abe! Yaponiya sobiq Bosh vazirini dafn etdi
Olam
−
12 iyul 2022
7289Tokioda Yaponiyaning sobiq Bosh vaziri Sindzo Abening dafn marosimi bo‘lib o‘tmoqda. NHK telekompaniyasining xabar berishicha, oxirgi marosimdan so‘ng dafn marosimi korteji krematsiya qilinadigan joyga jo‘nab ketgan.
Qayd etilishicha, Bosh vazirning jasadi bo‘lgan mashina Tokio ko‘chalari bo‘ylab harakatlangan. Biroq dafn etish marosimidi faqat Abening yaqinlari ishtirok etgan.
Qarindoshlar, do‘stlar isiriq tutatib, marhum uchun “maktublar”ni ovoz chiqarib o‘qishgan, birga o‘tkazgan baxtli onlarini eslab, shukrona aytishgan.
Dafn marosimi tugagandan so‘ng, mahalliy aholi tobutga gullar qo‘yishgan, shundan so‘ng tobut yopilgan va dafn mashinasi krematsiyaga jo‘nab ketgan. Qoidaga ko‘ra, u bilan faqat qarindoshlar va eng yaqin do‘stlar boradi. Undan so‘ng, kul ramziy ravishda maxsus idishga joylashtiriladi.
Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 8 iyul kuni Sindzo Abe 10 iyul kuni bo‘lib o‘tadigan parlament saylovi oldida ko‘chada tashviqot tadbirida nutq so‘zlayotgan vaqtida otib ketildi. 41 yoshli yaponiyalik Tetsuya Yamagami qo‘lbola o‘qotar qurol bilan uni ikki marta otib tashladi. Abe qutqaruv vertolyotida shifoxonaga yetkazildi. Shifokorlar unga qon quyishdi va bir necha soat davomida uning hayoti uchun kurashdilar. Sobiq bosh vazir mahalliy vaqt bilan soat 17:03 da vafot etdi, u 67 yoshda edi.
2002 yildan 2005 yilgacha mamlakatning dengizdagi o‘zini o‘zi mudofaa qilish kuchlarida xizmat qilgan erkakning uyidan portlovchi moddalar topildi. Erkakka rasman qotillik ayblovi qo‘yilgan.
LiveBarchasi