Xavi yaqin soatlarda “Barselona” murabbiyi bo‘ladi – OAV

Sport

image

Kataloniyaning “Barselona” klubi hozirgi kunda Qatarning “Al-Sadd” jamoasida ishlayotgan ispaniyalik murabbiy Xavi Ernandes bilan shartnoma imzolashga yaqin turibdi. Bu haqda “Radiomarca Barcelona” nashri xabar berdi.

Manbaga ko‘ra, 41 yoshli mutaxassisning bosh murabbiylik lavozimiga tayinlanishi yaqin soatlarda e’lon qilinadi. Tasdiqlanmagan ma’lumotlarga ko‘ra, tomonlar 3 yillik shartnoma imzolaydi.

Ma’lumot uchun, Xavi Ernandes “Barselona” tarbiyalanuchisi hisoblanadi. U 1997 yildan 2015 yilgacha jamoa sharafini himoya qilgan. Shundan so‘ng u bir necha mavsum davomida “Al-Sadd”da o‘ynagan bo‘lsa, keyinchalik esa Qatar klubi boshqaruvini qabul qildi.

Eslatib o‘tamiz, “Barselona” qoniqarsiz natijalardan so‘ng 28 oktyabr kuni gollandiyalik mutaxassis Ronald Kumanni ishdan bo‘shatgan edi.

Jamshidbek Mahmudov


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Barcelona Xavi

Baholaganlar

22

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing