Xavi Vinisiusning gaplariga qo‘shilmadi

Sport

image

“Barselona” bosh murabbiyi Xavi “Real” hujumchisi Vinisius Juniorning Ispaniya chempionati irqchilarniki degan gaplariga qo‘shilmasligini ma’lum qildi.

“Menimcha, Ispaniya irqchi yoki La Liga irqchi, deb aytish darajasiga yetgan mamlakat emas, lekin irqchilik harakatlari bor va ularni qoralash kerak. Agar biz haqoratlanadigan muhitda bo‘lsak, boshqalarga yaxshi o‘rnak bo‘lish va holatga munosabat bildirmaslik qiyin”, deydi Xavi.

Eslatib o‘tamiz, Vinisius Ispaniya chempionatining 35-turidan o‘rin olgan “Valensiya”ga qarshi o‘yinda irqchilikka duch kelgan edi.

Braziliyalik futbolchi “Real”da 2018 yildan beri to‘p suradi. Forvardning klub bilan shartnomasi 2024 yilgacha mo‘ljallangan. Vinisius joriy mavsumda “Real” safida 32 ta o‘yinda maydonga tushib, 10 ta gol urdi va 9 ta golli uzatmani amalga oshirdi.


Maqola muallifi

Teglar

Real Xavi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made