Xavi va uning rafiqasi 1 million yevro xayriya qildi

Sport

image

Kataloniyaning “Barselona” klubi sobiq futbolchisi Xavi va uning rafiqasi Nuriya Kunillera koronavirus pandemiyasiga qarshi kurashish uchun Barselona shifoxonasiga 1 million yevro hayriya qildi. 

Bundan avval Xavining sobiq jamoadoshi Lionel Messi va Angliyaning “Manchester Siti” klubi bosh murabbiyi Pep Gvardiola COVID-19 virusiga qarshi kurashish uchun 1 million yevrodan hayriya qilgan edi. 

Ma’lumot o‘rnida, ayni damda Ispaniyada 124 mingdan ziyon inson koronavirus infeksiyasini yuqtirib olgan. Ushbu davlatda vafot etganlar 11 mingdan ko‘proq kishini tashkil etyapti.

Eslatib o‘tamiz, ayni damda koronavirus yuqtirib olgan insonlar soni 1 133 373 nafarni tashkil etyapti. 60 375 odam ushbu kasallik qurboni bo‘ldi. 235 999 nafar inson koronavirusdan butkul sog‘ayib ketgan.


Maqola muallifi

Teglar

Xavi

Baholaganlar

89

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing