Xavi uchun kurashga yana bir Italiya grandi qo‘shildi
Sport
−
04 mart
2104“Barselona”ning sobiq bosh murabbiyi Xavi Italiyaning “Yuventus” klubini boshqarishi mumkin. Bu haqda “El Nacional” xabar berdi.
Italiya klubi Tiago Motta boshchiligidagi omadsiz mavsumdan so‘ng murabbiyni o‘zgartirmoqchi va Xavi Mottaning o‘rniga asosiy nomzodlardan biri hisoblanadi. Ispaniyalik mutaxassis esa “Yuve” “Barselona” yarim himoyachisi Fermin Lopesni o‘z safiga qo‘shib olsa, Turin klubi taklifiga rozi bo‘lishi mumkin.
O‘z navbatida kataloniyaliklar Ferminni sotilmaydigan futbolchilar qatoriga qo‘shib qo‘ygan, biroq futbolchining o‘zi Xavi bilan ishlash variantini ko‘rib chiqishi mumkin.
Qayd etish joiz, Xavi 2024 yil 30 iyun kuni “Barselona”ni tark etgan va o‘shandan beri ishsiz.
Ma’lumot uchun, 27 ta turdan so‘ng “Yuventus” A Seriya turnir jadvalida peshqadam “Inter”dan 6 ochko ortda qolib, 4-o‘rinda bormoqda. Jamoa 1/16 final bosqichida ham PSVga yutqazib, Yevropa Chempionlar ligasidan chiqib ketdi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq “Milan” Xavini murabbiylik postiga olib kelmoqchi ekanligi xabar qilingandi.
LiveBarchasi
Trenddagilar

