Xavi “Sevilya”ga qarshi o‘yin haqida gapirdi

Sport

image

“Barselona” bosh murabbiyi Xavi Ispaniya chempionatidan o‘rin olgan “Sevilya”ga qarshi o‘yin haqida fikr bildirdi.

“Bizda katta o‘sish bor, ammo bu o‘yinda g‘alaba qozonish juda qiyin bo‘ladi. Biz ajoyib tashkilotchilikka ega ajoyib jamoaga qarshi o‘ynaymiz. Bo‘lajak uchrashuvning murakkab ekanini anglashimiz kerak”. “Sevilya”dan o‘rnak olishimiz kerak – ular nafaqat maydonda, balki kiyinish xonasida ham juda kuchli. Monchi (sport direktori) esa o‘z sohasining yetakchi mutaxassislaridan biri”, deydi Xavi.

Eslatib o‘tamiz, Kataloniya klubi yangi futbolchilarni sotib olish va moliyaviy barqarorlikni saqlab qolish uchun 5 nafar futbolchini sotib yuborishi mumkinligi haqida xabar bergan edik.

Ma’lumot uchun, “Sevilya” – “Barselona” uchrashuvi bugun, 21 dekabr kuni Toshkent vaqti bilan 01:30 da boshlanadi.


 


Maqola muallifi

Teglar

Barselona Monchi Xavi Sevil'ya

Baholaganlar

23

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing