Xavi Messining “Barselona”ga qaytish imkoniyatlarini baholadi

Sport

image

“Barselona” bosh murabbiyi Xavi PSJ hujumchisi Lionel Messi haqida fikr bildirdi. 

“Barcha kataloniyaliklar Messini yaxshi ko‘radi, u tarixdagi eng yaxshi futbolchi, ssenariy shundayki, ko‘p narsa uning nima qilmoqchi ekanligiga bog‘liq, shundan keyin qaror qabul qilamiz. Messining ehtimoliy transferi bo‘yicha uning o‘zi hal qiluvchi qaror qabul qiladi", deydi Xavi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq u yozgi transfer oynasida PSJni tark etishi mumkinligi haqida xabarlar tarqalgan edi. Argentinalik futbolchi faoliyatini davom ettirishi mumkin bo‘lgan variantlardan biri “Barselona”ga qaytish hisoblanadi. Unga “Al-Hilol”dan ham taklif bor.

Messining PSJ bilan shartnomasi joriy mavsum oxirida yakuniga yetadi. U parijliklar safida barcha musobaqalarda o‘tkazilgan 39 uchrashuvda 20 ta gol urdi va 20 ta golga assistentlik qildi. PSJ tarkibida Messi Fransiya chempioniga aylandi.


Maqola muallifi

Teglar

Barselona Lionel' Messi PSJ

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing