Xavi “Barselona”ning so‘nggi 15 yillikdagi eng omadsiz ikkinchi murabbiyiga aylandi

Sport

image

“Barselona”ning amaldagi bosh murabbiyi Xavi so‘nggi 15 yildagi g‘alabalar nisbati bo‘yicha kataloniyaliklar tarixidagi ikkinchi eng yomon murabbiy bo‘ldi. Bu haqda futbol jurnalisti Fran Martines o‘z X sahifasida ma’lum qildi.

Xavining “ko‘k-anorranglilar” boshqaruvidagi g‘alabasi 62,16 foiz ko‘rsatkichni tashkil qildi. Hatto klubning sobiq ustozi Kike Seten ham o‘tkazilgan o‘yinlarning 64 foizida g‘alaba qozongan. Bu ko‘rsatkich bo‘yicha Xavi faqat niderlandiyalik murabbiy Ronald Kumandan (58,2%) oldinda.

Ispaniya La Ligasida o‘tkazilgan 16 turdan so‘ng “Barselona” 34 ochko jamg‘arib, turnir jadvalida 4-o‘rinni egallab turibdi. Kataloniyaliklar peshqadam “Jirona”dan 7 ochko ortda qolmoqda.

Ma’lumot uchun, Xavi 2021 yilning noyabrida “Barselona”ni boshqarmoqda va jamoa bilan 2024 yilning yoziga qadar shartnoma imzolagan edi. 2022/2023 yilgi mavsumda kataloniyaliklar 43 yoshli mutaxassis boshchiligida Ispaniya chempionligini qo‘lga kiritdi va mamlakat Superkubogiga ega chiqdi.


Maqola muallifi

Teglar

Barselona Xavi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing