Xavi “Barselona” futbolchisining taqdirini hal qildi

Sport

image

“Barselona” yarim himoyachisi Frenki de Yong kelasi transfer mavsumida “ko‘k-anorranglilar” safini tark etishi mumkin. “Read Football” nashri xabariga ko‘ra, kataloniyaliklar klubi bosh murabbiyi Xavi Ernandes niderlandiyalik futbolchi borasida bir qarorga kelgan. Manbaga ko‘ra, “Barsa” Frenki sotmoqchi va transferdan tushgan mablag‘ni boshqa futbolchilarni sotib olishga sarflamoqchi

Ispan nashrlarining xabar qilishicha, gollandiyalik futbolchiga “Bavariya” va “Manchester Siti” klublari qiziqish bildirmoqda. 

Eslatib o‘tamiz, 24 yoshli yarim himoyachining Kataloniya klubi bilan amaldagi shartnomasi 2026 yilning yoziga qadar tuzilgan.  Transfermarkt portali futbolchining hozirgi narxini 90 million yevroga baholangan.

De Yong Ispaniya La ligasining joriy mavsumida 13 ta uchrashuvda maydonga tushib, ikkita golli uzatmani amalga oshirdi.

Avvalroq, “Barselona” Koutinoni ham sotishga qarshi emasligi haqida xabar berilgandi

Jamshidbek Mahmudov


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Baholaganlar

232

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing