Xavi “Barselona”dan ketadimi?
Sport
−
10 noyabr 2023 4807 1 daqiqa
Ispaniyaning “Barselona” klubi rahbariyati Xavini bosh murabbiylikdan bo‘shatish niyatida emas. Bu haqda ESPN xabar berdi.
Manbaga ko‘ra, jamoaning formasi yomonlashgani va so‘nggi muvaffaqiyatsiz natijalariga qaramay, klub mutaxassisga to‘liq ishonadi.
“Hozirda Xavining klubdagi yutuqlari hisobga olinsa, uning ketishi haqidagi har qanday gap o‘rinsiz. “Barselona” murabbiy bilan uzoq muddatli hamkorlikni ko‘rib chiqmoqda va qisqa muddatli muvaffaqiyatsizliklar rahbariyatda mutaxassisga shubha tug‘dirmadi”, deyiladi manba xabarida.
Xavi “Barselona”ni 2021 yildan beri boshqarib kelmoqda. Uning klub bilan shartnomasi 2025 yilgacha mo‘ljallangan.
Qayd etish joiz, “Barselona” Yevropa Chempionlar ligasidagi so‘nggi o‘yinida kutilmaganda “Shaxtyor”ga kichik hisobida mag‘lub bo‘ldi. Ispaniya chempionatida jamoa 27 ochko bilan 3-o‘rinni egallab turibdi.
Live
BarchasiRossiyada o‘z chaqalog‘ini tashlab, qochib ketgan ayol bolasi bilan O‘zbekistonga qaytarildi
26 dekabr
Shavkat Mirziyoyev o‘zining oldingi va rahbarlarning hozirgi maoshida katta farq borligini aytdi
26 dekabr