Xavi “Barselona”da qolish uchun jamoaga talab qo‘ydi

Sport

image

Fevral oyida yozda “Barselona”ni tark etishini ma’lum qilgan Xavi so‘nggi paytlarda rahbariyat uni jamoada olib qolishga urinishlaridan so‘ng klubda qolish uchun o‘z talablarini qo‘ydi. Bu haqda “Sport” nashri xabar berdi.

Manbaga ko‘ra, Xavi klub rahbariyatidan jamoaning uzoq muddatli loyihasi bo‘yicha aniq kafolat olmoqchi va moliyaviy qiyinchiliklarni hisobga olgan holda klubga jalb qilmoqchi bo‘lgan futbolchilar ro‘yxatini ko‘rib chiqadi.

Ma’lumot uchun, “ko‘k-anorranglilar” Xavi jamoadan ketishini e’lon qilgandan buyon barcha turnirlarda biror marta ham mag‘lubiyatga uchramay kelmoqda. Undan tashqari jamoa to‘rt yillik tanaffusdan so‘ng Yevropa Chempionlar ligasi chorak finaliga chiqdi. Jamoaning ushbu bosqichdagi ilk uchrashuvi shu yilning 10 aprel kuni Parijda PSJga qarshi bo‘lib o‘tadi.


Maqola muallifi

Teglar

Barselona Xavi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing