Xavi hamon “Real”ni La Liga chempionligi uchun favorit hisoblamoqda

Sport

image

“Barselona” bosh murabbiyi Xavi ayni vaqtda Ispaniya chempionati turnir jadvalidagi holat va “Real Madrid” bilan chempionlik poygasidagi raqobat haqida o‘z fikrlarini bildirdi. Bu haqda “Sport.es” xabar berdi.

“Madrid klubi istalgan jamoani mag‘lub eta oladi va ular hali “Kamp Nou”da o‘ynashi kerak. Har bir o‘yin chempionlik jangi bo‘ladi. Men “Barselona”ni favorit emas, balki chempionlikka nomzod deb bilaman. Favorit Ispaniya chempionati va Yevropa Chempionlar ligasining amaldagi chempioni bo‘lgan – “Real Madrid”. Qolgan barcha unvonlarni yutish imkoniyatimiz bor, lekin buni maydonda isbotlashimiz kerak. Eyforiya yaxshi, lekin uni jilovlash kerak”, deydi Xavi.

20 turdan so‘ng “Barselona” 53 ochko bilan Ispaniya chempionati turnir jadvalida peshqadamlik qilmoqda. Jamoa 2-o‘rindagi “Real Madrid”ni 8 ochkoga ortda qoldirmoqda.

La Liganing so‘nggi 11 o‘yinida “Barselona” 10 ta g‘alaba va bitta durang qayd etdi.


Maqola muallifi

Teglar

Barselona Xavi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing