Xavf yaqin: Rossiyada koronavirus aniqlandi

Olam

image

Rossiyada birinchi marta koronavirus bilan kasallangan ikki shaxs aniqlandi. Xastalanganlar shaxslar - Xitoy fuqarolari. Bu haqda RIA Novosti xabar bermoqda. 

Bosh vazir o‘rinbosari Tatyana Golikovaning ma’lum qilishicha, mamlakatda koronavirusga qarshi kurash bo‘yicha qo‘shimcha choralar ko‘rilmoqda.

Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, Uxan shahrida 300 nafar, Xubeyda esa 341 nafar Rossiya fuqarolari istiqomat qiladi.

Ayni  vatqda Rossiya Hukumati Xitoydan qaytib kelmoqchi bo‘lganlar sonini hisoblab chiqmoqda.Hozirda fuqarolarni olib kelish uchun Xitoyga uchadigan samolyotlarni belgilash va fuqarolarni ikki haftaga karantinga joylashtirish masalalari ko‘rib chiqilmoqda.

Xitoyda yangi tipdagi koronavirus pnevmoniyasi bilan kasallangan bemorlar soni 9 692 nafarga yetdi. Kasallanganlarning 213 nafari halok bo‘lgan. Oxirgi bir sutka davomida 1 982 yangi holat aniqlangan.

Xitoydan tashqari Tailand, Yaponiya, Janubiy Koreya, AQSH, Kanada, Vetnam, Singapur, Nepal, Fransiya, Avstraliya, Malayziya, Finlyandiya, BAA, Hindistonda yuqtirish holati qayd etilgan.

Butunjahon sog‘liqni saqlash tashkiloti yangi tipdagi koronavirusning avj olishini xalqaro ahamiyatga ega bo‘lgan favqulodda holat deb baholadi. 


Maqola muallifi

Teglar

koronavirus

Baholaganlar

683

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing