Xatirchi tumaniga yangi hokim tayinlandi

Jamiyat 5235
image
-

Bugun, 15 mart kuni xalq deputatlari Xatirchi tumani kengashining navbatdan tashqari sessiyasi bo‘lib o‘tdi.

Tuman hokimi G‘afur Aliyev boshqa ishga o‘tgani sababli lavozimidan ozod etildi. Tuman hokimi etib Nizamov Sayfiddin Faxriddinovich nomzodi tasdiqlandi.

Sayfiddin Nizomov 1966 yilda Navoiy viloyati, Nurota tumanida tug‘ilgan. Ma’lumoti oliy, 1990 yilda Toshkent xalq xo‘jaligi institutini tamomlagan, mutaxassisligi - iqtisodchi.

Tayinlovga qadar Sayfiddin Nizamov Toshkent viloyati hokimining turizm va sportni rivojlantirish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari lavozimida faoliyat yuritgan.

Sunnatilla Abdullayev
Maqolaga baho bering
Baholaganlar: 184
Reyting: 3
Teglar
t
×