Xatarli yo‘llar: 5 oyda YTHlarda necha kishi qurbon bo‘lgani ochiqlandi

3-sahifa

image
0:00
0:00
download

Joriy yilning yanvar-may oylarida jami 2960 ta yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘lgan. Mazkur YTHlar oqibada 770 nafar odam halok bo‘ldi, 2365 nafari esa jarohatlandi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Yo‘l harakati xavfsizligi bosh boshqarmasi Matbuot xizmati xabar berdi.

Hududlar kesimida 5 oy davomida eng ko‘p YTH Farg‘ona va Toshkent viloyatlarida yuz bergan. Jumladan:

• Qoraqalpog‘iston Respublikasida – 160 ta

• Toshkent shahrida – 373 ta

• Toshkent viloyatida – 410 ta

• Samarqandda – 310 ta

• Jizzaxda – 85 ta

• Navoiyda – 97 ta

• Namanganda -303 ta

• Farg‘onada – 458 ta

• Andijonda – 243 ta

• Surxondaryoda – 110 ta

• Qashqadaryoda – 171 ta

• Xorazmda – 78 ta

• Buxoroda – 109 ta

• Sirdaryoda – 53 ta

Ma’lumotga ko‘ra, YTHlarning 1883 tasi kunduzgi vaqtlarda, 1077 tasi tungi vaqtda sodir bo‘lgan.

YTHlarning 66 tasini ayollar sodir etgan bo‘lsa, 2894 tasini erkaklar yuzaga keltirgan.

YTHlarning sub’ektiv sabablari:

  • Belgilangan tezlikka rioya qilmaslik — 27,7 foiz;
  • Ustunlikka ega transportga yo‘l bermaslik — 11,6 foiz;
  • Haydovchining tajribasizligi — 6,9 foiz;
  • Harakat davomida uxlab qolish — 6,3 foiz;
  • Avtomobilni mast holda boshqarish — 2,6 foiz.

YTHlarning ob’ektiv sabablari:

  • Piyodalarni o‘tish joyi bo‘lmaganligi sababli yo‘lni belgilanmagan joyidan kesib o‘tish — 15,4 foiz;
  • Harakat yo‘nalishlari ajratilmagan yo‘llarda qarama-qarshi yo‘lga chiqish — 9,7 foiz;
  • Yo‘l harakati tashkil etish va yo‘llardagi nosozlik tufayli — 4,6 foiz;
  • Veloyo‘laklar tashkil etilmagan joylarda ularni urib yuborish — 3,8 foiz;
  • Boshqa sabablar — 11,4 foiz.

Maqola muallifi

Teglar

YTH

Baholaganlar

49

Reyting

3.2

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing